Samsung RF61K90407F/WT manual Ozbek 13 

Models: RF61K90407F/WT

1 156
Download 156 pages 16.6 Kb
Page 117
Image 117

Jihoz yuzasiga hasharotlarga qarshi vosita kabi uchuvchan moddalarni sepmang.

-Insonga zararli hisoblanishi bilan bir qatorda, bu vosita elektr toki urishi, yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi yoki mahsulot bilan tegishli muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Haroratga nisbatan sezgir bo'lgan moddalar, masalan, yonuvchan aerozollar, yonuvchan buyumlar, quruq muz, dori vositalari yoki kimyoviy moddalardan sovitkich yaqinida foydalanmang yoki ularni sovitkich yaqini yoki ichiga qo'ymang.

Sovitkich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang. Yomon hidlarni ketkazish uchun sovitkich ichiga yonib turgan shamni qo'ymang.

-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang. Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab bo'lishi mumkin. Suv to'ldirilgan idishni jihoz ustiga qo'ymang.

-Agar suv to'kilib ketsa, tok urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan o'zga mexanik qurilmalar va boshqa vositalardan foydalanmang.

Sovitish kimyoviy moddasining aylanish sxemasiga zarar yetkazmang.

Hech qachon ultrabinafshali elektr diod chirog'iga uzoq vaqt tikilib turmang.

-Bu ultrabinafsha nurlari sababli ko'zning charchashiga olib kelishi mumkin.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

O'zbek  13 

Untitled-12 13

2017-11-14 ￿￿ 2:40:32

Page 117
Image 117
Samsung RF61K90407F/WT manual Ozbek 13