Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Muzlatish tizimidan modda oqib chiqish holatlari yuzaga kelsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasi hosil bo‘lmasligi uchun jihoz joylashtirilishi mumkin bo‘lgan xonaning o‘lchami foydalanilgan sovitish moddasi miqdoriga bog‘liq bo‘lishi kerak.

Jihozda shikastlanish alomati bor bo‘lsa, uni yoqmang. Agar shubhangiz bo‘lsa, dilerga murojaat qiling. Jihozga quyilgan har 8 gramm R-600a sovitish moddasi uchun xonada 1 m³ o‘lchamdagi joy bo‘lishi kerak. Jihozingizdagi sovitish kimyoviy moddasi miqdori uning ichidagi identifikatsiya yorlig'ida ko'rsatilgan.

Naychalardan otilib chiqayotgan sovitish moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. Naychadan muzlatish moddasi oqayotganda, uning yaqinida olov yonib turishiga yo'l qo'ymang, har qanday yonuvchan narsani mahsulot oldidan nariga oling va zudlik bilan xonani shamollating.

-Ushbu talablarga rioya qilmaslik yong'inni yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin.

Ushbu mahsulotga Vakolatli xizmat ko'rsatuvchi shaxsdan boshqa shaxslarning xizmat ko'rsatishi xavflidir. Kvinslendda vakolatli xizmat ko‘rsatuvchi shaxs qopqoqlarni ochish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash bilan shug‘ullanishi uchun gaz bilan ishlash ruxsatnomasi yoki uglevodorodli sovitish moddalari uchun litsenziyasi bo‘lishi SHART. (Faqat Avstraliya uchun)

Ogohlantirish; Yong‘in xavfi / yonuvchan materiallar

4  O'zbek

Untitled-12 4

2017-11-14 ￿￿ 2:40:31

Page 108
Image 108
Samsung RF61K90407F/WT manual Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar