To'liq erib bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta muzlatmang.

Ikki yulduzli ramzga () ega bo'lgan ikki yulduzli bo'lim (bo'limlar) yoki bo'lma (bo'lmalar) harorati boshqa muzxona bo'lmasiga (bo'lmalari) nisbatan bir oz yuqoriroq hisoblanadi.

Ikki yulduzli bo‘lim(lar) yoki bo‘lma(lar) yetkazib berilgan ko‘rsatma va/ yoki shartga asoslanadi.

Elektr tokini tejash bo'yicha maslahatlar

Sovitkichni mos havo almashinuviga ega bo'lgan salqin, quruq xonaga o'rnating. Uning to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siri ostida qolmasligiga ishonch hosil qiling va issiqlik manbalari (masalan, radiator) yaqiniga o'rnatmang.

Energiyani sarflash samaradorligini ta'minlash maqsadida havo yo'llari va panjaralarini to'sib qo'ymaslik tavsiya qilinadi.

Issiq ovqatni sovitkichga qo‘yishdan avval uning sovishini kuting.

Sovitkichdagi muzlatilgan ovqatni eritishga qo'ying. So'ngra sovitkichdagi ovqatni sovitish uchun sovitilgan mahsulotlarning past haroratidan foydalanishingiz mumkin.

Ovqatni joylashtirish yoki chiqarish vaqtida jihoz eshigini uzoq vaqt ochib turmang. Eshik qancha kamroq vaqt ochiq bo'lsa, muzxona ichida shuncha kam qirov yig'iladi.

Sovitkichni orqa va yon taraflarda bo'shliq qoldirib o'rnatish tavsiya etiladi. Bu elektr toki iste'molini kamaytiradi va natijada elektr toki uchun xarajatlaringiz ham kamayadi.

Elektr tokidan samarali tarzda foydalanish uchun savatchalar, surilma qutilar, tokchalar kabi barcha ichki moslamalarni ishlab chiqaruvchi tomonidan ta'minlangan o'rinda saqlang.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

O'zbek  21 

Untitled-12 21

2017-11-14 ￿￿ 2:40:32

Page 125
Image 125
Samsung RF61K90407F/WT manual Elektr tokini tejash boyicha maslahatlar