Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Elektr kabeli vilkasi sovitkichning orqa tomonida qisilib qolmagani yoki shikastlanmaganiga ishonch hosil qiling.

O'rama materiallarni bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.

-O'rama materiallarni bolalar boshiga kiyib olib havo yetishmasdan bo'g'ilib qolib o'limga sabab bo'lish xavfi bor.

O'rnatgandan keyin vilkadan oson foydalanish uchun jihozni qulay joylashtirish kerak.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki chiqib ketishi sababli elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Ushbu jihozni nam, yog'li yoki chang bosgan joylar, to'g'ridan-to'g'ri quyosh va suv (masalan, yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.

-Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Agar sovitkichda chang yoki suv hosil bo‘lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat manbaidan uzing va Samsung Electronics xizmat ko‘rsatuvchi markaziga murojaat qiling.

-Aks holda, yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.

Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang.

-Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab bo'lishi mumkin.

Mahsulotni rozetkaga joylashtirib, ishga tushirishdan avval barcha himoya plastik selofanlarni olib tashlashingiz kerak.

8  O'zbek

Untitled-12 8

2017-11-14 ￿￿ 2:40:32

Page 112
Image 112
Samsung RF61K90407F/WT manual Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar