•Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.
- Tok urishi yoki yong'in chiqishi xavfi mavjud.
•Uzunligi bo'ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylari bor kabeldan foydalanmang.
•Elektr quvvat kabelini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni qo‘ymang.
•Elektr kabelini tortmang yoki haddan ziyod bukmang.
•Elektr kabelini buramang yoki tugmang.
•Elektr kabelini metal narsalarga ilmang, ustiga og'ir narsani qo'ymang, narsalar orasiga kiritmang yoki jihoz orqasidagi joyga tiqmang.
•Sovitkichni boshqa joyga ko'chirish vaqtida jihozni o'zining elektr kabeli ustidan surish yoki kabelning shikastlanishidan ehtiyot bo'ling.
-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•Hech qachon sovitkichingizni simidan tortib rozetkadan sug‘urmang. Doimo vilkani mahkam ushlab rozetkadan qiyshaytirmasdan sug‘uring.
-Elektr simining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•Ushbu jihoz ichida katalizatorga ega aerozol idishlar kabi portlovchi narsalarni saqlamang.
•Jihozni isitgich va yonuvchi material yoniga o'rnatmang.
•Gaz chiqishi mumkin bo'lgan joylar oldiga ushbu jihozni o'rnatmang.
-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•Ushbu sovitkichdan foydalanishni boshlashdan avval uni ko'rsatmalarga muvofiq tegishli ravishda joylashtirish va o'rnatish shart.
•Elektr vilkani elektr manbasiga to'g'ri holatda ulang va kabel pastga osilib turishi kerak.
-Agar vilka yuqori qismi pastga qaragan holda ulansa, kabel qirqilib ketishi va yong'inga yoki tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar