Xizmat kafolati va modifikatsiya.

-Ushbu mukammal jihozga 3-shaxslar tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar va modifikatsiyalar na Samsung xizmat ko‘rsatish kafolati bilan qoplanadi va na Samsung ushbu kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida yuzaga kelgan xavfsizlik muammolari va shikastlanishlarga oid javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Sovitkich ichidagi havo yo'llarini to'sib qo'ymang.

-Agar havo almashtirish tirqishlari ayniqsa plastik paketlar bilan to'sib qo'yilsa, sovitkich ortiqcha sovib ketishi mumkin. Agar ushbu sovitish davri haddan tashqari uzoq vaqt davom etsa, suv filtri buzilishi va suvning chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ichkaridagi oshiqcha namlikni artib oling va eshiklarni ochiq qoldiring.

-Aks holda, hid va mog'or paydo bo'lishi mumkin.

Agar sovitkich elektr ta'minotidan uzilgan bo'lsa, uni qayta ulash uchun kamida besh daqiqa kutishingiz kerak bo'ladi.

Sovitkichga suv tekkanda, elektr quvvati vilkasini chiqarib oling va Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.

Har qanday shishali yuzaga zarba bermang yoki qattiq kuch ishlatmang.

-Singan shisha odamga jarohat va/yoki mulkka zarar yetkazishi mumkin.

Agar sovitkich suv bilan to'lib qolgan bo'lsa, yaqin atrofdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

- Tok urishi yoki yong'in chiqishi xavfi mavjud.

Muzlatgich eshigidagi savatlarda sabzavot yog‘ini saqlamang. Yog‘ qotib qolib, ta’mi o‘zgarishi va ishlatish qiyin bo‘lib qolishi mumkin. Bundan tashqari, ochiq idishdan yog‘ sizib chiqishi va eshik savatining yorilishiga olib kelishi mumkin. Yog‘ idishini ochgandan so‘ng uni salqin va soya joyda, masalan, shkaf yoki bufetda saqlagan ma’qul.

-Sabzavot yog‘iga misol: zaytun yog‘i, makkajo‘xori yog‘i, uzum yog‘i va hokazo.

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

O'zbek  17 

Untitled-12 17

2017-11-14 ￿￿ 2:40:32

Page 121
Image 121
Samsung RF61K90407F/WT manual Ozbek 17