Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar

Tashish va joylashuvga oid jiddiy ogohlantirish belgilari

OGOHLANTIRISH

Jihozni tashish va o‘rnatish paytida uning sovitish zanjirining hech bir joyini shikastlamaslik uchun ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.

-Naychalardan oqib chiqayotgan sovitish moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. Agar suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega narsalardan darhol uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.

-Ushbu jihoz tarkibida kam miqdordagi izobutan (R-600a) sovitish moddasi bor, u atrof-muhitga mutlaqo zarar yetkazmaydigan tabiiy gazdir, biroq u ham yonadi. Jihozni tashish va o‘rnatish paytida uning sovitish zanjirining hech bir joyini shikastlamaslik uchun ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.

O‘rnatishga oid jiddiy ogohlantirishlar

OGOHLANTIRISH

Sovitkichni nam yoki unga suv tegishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang.

-Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishiga yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Ushbu sovitkichni bevosita quyosh nuri ostiga yoki plita, uy isitgichi va shu kabi boshqa issiqlik chiqaradigan jihozlar oldiga joylashtirmang.

Bir nechta jihozni bitta uzaytirgichga ulamang. Sovitkich har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan holda turishi va undagi quvvat kuchlanishi zavod taxtachasida qayd etilgan kuchlanishga mos kelishi kerak.

-Bu yuqori darajada xizmat ko'rsatish samaradorligini ta'minlaydi hamda uydagi elektr quvvat zanjirlarining ortiqcha yuklanishining oldini oladi. Ortiqcha yuklanish o'z o'rnida simlarning qizib ketishiga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.

6  O'zbek

Untitled-12 6

2017-11-14 ￿￿ 2:40:32

Page 110
Image 110
Samsung RF61K90407F/WT manual Tashish va joylashuvga oid jiddiy ogohlantirish belgilari