
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Ichi va tashqarisi
OGOHLANTIRISH
•Tozalash uchun benzin, suyultirgich yoki uy/avtomobil uchun mo'ljallangan Clorox™ kabi vositalardan foydalanmang. Ular jihoz yuzasini shikastlashi va yong'inga olib kelishi mumkin.
•Sovitkich ustiga suv sepmang. Bu tok urishiga olib kelishi mumkin.
Simlar, mahkamlanadigan qismlar yoki kontakt nuqtalaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni tozalash uchun doimo quruq matodan foydalaning.
1.Elektr quvvati shnurini rozetkadan chiqaring.
2.Sovitkichning ichki va tashqi qismini artish uchun namlangan tuksiz mato yoki qog‘ozli sochiqdan foydalaning.
3.Tozalab bo'lgandan so'ng quruq mato yoki qog'oz sochiqdan foydalaning.
4.Elektr quvvati shnurini rozetkaga tiqing.
Xizmat ko‘rsatish
Qismlarni almashtirish
LED chiroqlar
Sovitkich chiroqlarini almashtirish uchun mahalliy Samsung xizmat ko`rsatish markaziga murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH
Chiroqlarni foydalanuvchi almashtira olmaydi. Chiroqni o‘zingiz almashtirishga urinmang. Tok urishi mumkin.
48 O'zbek