•Bolalarning eshik sozlanishi uchun qo'llaniladigan tirgovuch halqalar yoki suv naycha xomutlarini o'ynamasliklari nazorat qilinishi kerak.
- Bolaning tirgovuch halqalar yoki suv naycha xomutlarini yutib yuborish natijasida bo'gi'lib qolib, o'limga sabab bo'lish xavfi mavjud. Tirgovuch halqalar yoki suv naycha xomutlarini bolalarning qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
•Sovitkich xavfsiz tarzda yerga ulanishi shart.
-Jihozni ko'zdan kechirish yoki tuzatishga harakat qilganingizda doimo uning yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling. Ochiq elektr toki jiddiy tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•Gaz quvurlari, telefon liniyalari yoki boshqa uchqun chiqazishga qodir sim chiviqlardan ushbu jihozni yerga ulash uchun foydalanmang.
-Sovitkichdagi elektr kuchlanishining ochiqligi natijasida elektr quvvatning har qanday ochiq holatini yuzaga kelishi yoki tok urishining oldini olish uchun uni yerga ulab qo'yishingiz zarur.
-Bu tok urishi, yong'in, portlash yoki mahsulot bilan bog'liq muammolarga sabab bo'lishi mumkin.
•Elektr quvvati vilkasini devordagi rozetkaga tiqing. Shikastlangan elektr quvvati vilkasi, elektr kabeli yoki liqillab turgan rozetkadan foydalanmang.
-Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni ishlab chiqaruvchisi yoki xizmat agenti darhol almashtirib berishi shart.
•Sovitkich saqlagichini faqat malakali texnik yoki texnik xizmat ko'rsatuvchi tashkilot almashtirishi kerak.
-Ushbu talabga rioya qilmaslik tok urishi yoki jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
•Jihozni joylashtirishda elektr shnuri ilinib yoki shikastlanib qolmasin.
•Troyniklar yoki ko‘chma elektr manbalarini jihozning orqa tomoniga joylashtirmang.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar