pechdan foydalanish

Isitish turlari

Quyidagi jadvalda pechda mavjud turli isitish rejimlari va sozlamalari keltirilgan. Retseptlaringiz uchun mos rejim va sozlamalarni bilish uchun Tayyorlash yo'riqnomalariga qarang.

Mikroto'lqin rejimi

Taomlarni pishirish va isitish uchun mikroto'lqin energiyasi ishlatiladi. U taomning shakli va rangini o'zgartirmagan holda tez va samarali pishiradi. Turli taomlar uchun quvvat darajasi va tayyorlash vaqti qo'lda qo'yiladi.

Pech rejimi

Konveksiya

Taom pechning orqa tomonidan keladigan issiq havo yordamida isitiladi.

Bu sozlama umumiy isitishga mos keladi va pishirish uchun eng ma'quli.

Tavsiya qilingan harorat: 180 °C

Gril

Taom yuqoridagi isituvchi element yordamida isitiladi.

Tavsiya qilingan harorat: 220 °C

Kombi-funksiyalar

Mikroto'lqin + Gril

Bu funksiya isitish va qizartirish kerak bo'lgan (masalan, pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan mahsulotlar uchun mos keladi.

Bu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlamli taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari) qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.

Mikroto'lqin + Konveksiya

Bu funksiya har qanday go'sht va parranda go'shti hamda pishiriqlar va qirilgan pishloqli taomlar, biskvitlar va mevali yengil kekslar, shirinliklar, qovurilgan sabzavotlar, non va non mahsulotlariga mos keladi.

Avtomatik funksiyalar

Avto menyu rejimi

Sizga qulay bo'lishi uchun oldindan kiritilgan 15 ta avtomatik tayyorlash sozlamasidan birini tanlash mumkin. Vaqt va harorat avtomatik tarzda qo'yiladi. Siz dasturni va taom vaznini tanlab, avto tayyorlashni boshlasangiz bas.

(Avto menyu rejimida displeyda 'A' paydo bo'ladi)

Sabzavot rejimi

Sizga qulay bo'lishi uchun oldindan kiritilgan 10 ta avtomatik tayyorlash sozlamasidan birini tanlash mumkin. Vaqt va harorat avtomatik tarzda qo'yiladi. Siz dasturni va taom vaznini tanlab, tez tayyorlashni boshlasangiz bas. (Sabzavot rejimida displeyda 'U' paydo bo'ladi)

O'zbek - 21

o f Pechdan 04

ydalanish

NQ50H5537KB_WT_DE68-04306A-00_UZ.indd21

2014-10-07��10:37:14

Page 201
Image 201
Samsung NQ50H5537KB/WT manual Pechdan foydalanish, Isitish turlari