Dastlabki ishlatishda tutun va yomon hid chiqishi.

Bu yangi qismlar qizishi tufayli yuzaga keladigan vaqtinchalik holat. 10 daqiqa ishlatilgandan so'ng tutun va hid butunlay yo'qoladi.

Hidni tezroq yo'q qilish uchun mikroto'lqinli pechni taom qo'yish bo'lmasiga limon yoki limon sharbati qo'ygan holda ishlating.

Qo'yilgan vaqt tugamasidan oldin o'chib qolyapti.

Elektr uzilishi bo'lishi mumkin. Elektr uzilishi bo'lgan bo'lsa, vaqt indikatori buni ko'rsatadi: 88:88.

Soat va boshqa tayyorlash yo'riqnomalarini qayta qo'ying.

Avtomat o'chirgichni yoqing yoki kuygan saqlagichni almashtiring.

Pech o'rnatish yo'riqnomasiga asosan to'g'ri joylashtirilganiga amin bo'ling.

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.

Taom turiga qarab tayyorlash vaqti to'g'ri qo'yilganligiga amin bo'ling.

Quvvat darajasi tegishlicha qo'yilganligiga amin bo'ling.

Taom umuman tayyorlanmayapti.

Eshik mahkam yopilsin.

Taymer to'g'ri qo'yilgan va/yoki start tugmasi bosilganligini tekshiring.

Avtomat o'chirgichni yoqing yoki kuygan saqlagichni almashtiring.

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Metall jihozlar, idish yoki simlarni olib tashlang.

Folga ishlatayotgan bo'lsangiz, faqat ingichkasini ishlating va folga bilan pech ichki devorlari orasida kamida 2,5 sm joy qoldiring.

Shovqin bilan ishlaydi.

Pech ishlayotgan paytda shovqin chiqaradi. Bu normal hol.

G'ayrioddiy tovushni to'xtovsiz eshitsangiz, Samsung qo'ng'iroq markaziga murojaat qiling.

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta'sirchan bo'lsa, unda displeydagi ko'rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun elektr tarmog'iga ulash shnuri vilkasini rozetkadan uzing va qaytadan ulang. Vaqtni qaytadan o'rnating.

Chiroq ishlamayapti.

Xavfsizlik uchun lampani o'zingiz almashtirmang.

Lampochka malakali muhandis tomonidan almashtirib berilishi uchun yaqinroqdagi vakolatli Samsung xaridorlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

O'zbek - 56

NQ50H5537KB_WT_DE68-04306A-00_UZ.indd56

2014-10-07��10:37:20

Page 236
Image 236
Samsung NQ50H5537KB/WT Dastlabki ishlatishda tutun va yomon hid chiqishi, Qoyilgan vaqt tugamasidan oldin ochib qolyapti