Isitish

Bu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy pechga qaraganda ancha tez isitish mumkin.

Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish

Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling, chunki markazi isigunicha pishib qolishi va qurib ketishi mumkin. Maydaroq bo'laklarni isitish maqsadga muvofiqdir. Isitish paytida o'rab qo'yilsa, taom qurib ketishining oldi olinadi.

Quvvat darajalari

Taomlarni isitish uchun turli quvvat darajalarini ishlatish mumkin.

Umumiy qilib aytganda, yirik miqdordagi, tez isiydigan yengil taomlarni, masalan, qiymali savatni isitishda quvvatning past darajasini ishlatgan ma'qul.

Aralashtirish

Yaxshi natija olish uchun taomni isitish paytida aralashtirib turing yoki ag'daring. Iloji bo'lsa, dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. Ayniqsa suyuqlikni isitishda aralashtirish yordam beradi.

Isitish va kutish vaqti

Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va keyinchalik shu qiymatdan foydalaning. Haddan tashqari isitib yubormang. Amin bo'lmasangiz, tayyorlash vaqtini kamroq qo'yavergan ma'qul. Keyin kerak bo'lsa, qo'shimcha isitiladi. Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring. Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting. Isitgandan keyin 2-4 daqiqa kutish tavsiya etiladi.

Suyuqlikni isitish

Suyuqliklarni isitishda ehtiyot bo'ling. Qattiq qaynash va kuyib qolishning oldini olish uchun, suyuqlikka qoshiq yoki shisha cho'p solib qo'ying. Suyuqlikni isitish paytida aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIM aralashtiring. Harorat teng tarqalishi uchun pech o'chirilgandan keyin kamida 20 soniya kuting.

O'zbek - 29

o f Pechdan 04

ydalanish

NQ50H5537KB_WT_DE68-04306A-00_UZ.indd29

2014-10-07��10:37:15

Page 209
Image 209
Samsung NQ50H5537KB/WT manual Isitish, Suyuqlikni isitish