Mikroto'lqinli pechni tozalash

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

Pechning ichki va tashqi yuzalari

Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari

Aylanuvchi patnis va rolikli taglik (Faqat aylanuvchi patnisli modellar)

DOIM eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1.Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Chaying va arting.

2.Pechning ichki yuzalaridagi dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting. Chaying va arting.

3.Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying va o'n daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.

4.Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.

Ventilyatsiya tirqishlariga suv TUSHIRMANG. HECH QACHON abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang. Zarrachalarning qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda alohida e'tibor bering:

ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga

eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor qarating

Har bir foydalanishdan keyin kamerani yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang, biroq kuyib qolmaslik uchun avval pech sovishini kuting.

Kameraning yuqori qismini tozalaganda pechni 45° pastga qaratib tozalash qulaydir.

(Faqat sving tipidagi qizdirgichli modellar uchun)

O'zbek - 11

'l a m ' 'grisidato 01zalikxsi vfumotlar

NQ50H5537KB_WT_DE68-04306A-00_UZ.indd11

2014-10-07��10:37:07

Page 191
Image 191
Samsung NQ50H5537KB/WT manual Mikrotolqinli pechni tozalash