nosozliklarni bartaraf qilish va ma'lumot kodi

Mikroto'lqinli pechni saqlash va ta'mirlash

Ta'mirlash faqatgina malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.

Pech ta'mirga muhtoj bo'lsa, uni tokdan uzing va SAMSUNG mijozlar xizmatiga murojaat qiling.

Qo'ng'iroq qilayotganda quyidagi ma'lumotlarni tayyor qiling:

Model raqami va seriya raqami (pech eshigi ichkarisidan topasiz)

Kafolat tafsilotlari

Muammoning aniq bayoni

Pech vaqtinchalik saqlanishi kerak bo'lsa, toza va quruq joy saqlang, chunki chang va namlik shikast yetkazishi mumkin.

Nosozliklarni bartaraf etish

Pech bilan muammolar yuzaga kelsa, quyidagi yechimlarni qo'llab ko'ring. Bu sizning vaqtingizni tejashi hamda xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qilish tashvishidan xalos qilishi mumkin.

Pechning displeyi ham, pechning o'zi ham ishlamayapti.

Yerga ulangan rozetkaga to'g'ri ulanganligini tekshiring.

Devordagi rozetka o'chirgich bilan boshqarilsa, devordagi o'chirgich yoqilganligini tekshiring.

Vilkani rozetkadan oling, o'n soniya kutib, keyin yana tiqing.

Avtomat o'chirgichni yoqing yoki kuygan saqlagichni almashtiring.

Pechni boshqa rozetkaga tiqing.

Rozetkaga boshqa jihozni tiqing. Boshqa jihoz ishlamasa, rozetkani tuzatish uchun malakali elektrikni chaqiring.

Pech displeyi ishlayapti, lekin quvvat kelmayapti.

Eshik mahkam yopilsin.

Eshik zichlagichida o'rama materiali yoki boshqa narsa tiqilib qolmaganligini tekshiring.

Eshik shikastlanganligini tekshiring.

Bekorni ikki marta bosing va barcha tayyorlash yo'riqnomalariga kiring.

Start tugmasi bosilganda pech ishga tushmayapti.

• Eshik mahkam yopilsin.

FQILISH 05NOSO ZLIKLARNI BARTARA

O'zbek - 55

NQ50H5537KB_WT_DE68-04306A-00_UZ.indd55

2014-10-07��10:37:20

Page 235
Image 235
Samsung NQ50H5537KB/WT manual Nosozliklarni bartaraf qilish va malumot kodi, Mikrotolqinli pechni saqlash va tamirlash