Qurilma ishlayotgan vaqtda tashqi yuzalarning harorati baland bo’lishi mumkin.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib ketishi mumkin.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo’lgan bolalarning qo’llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Bu qurilma tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti yordamida ishlatish uchun mo’ljallanmagan.
Panjarani bo'rtib turgan qismlarini (ikki tomonidagi tiqinni) oldinga qaratib joylashtiring, shunda panjara katta hajmlarni ola oladi.
DIQQAT
Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo’lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo’lgan elektrik tomonidan elektr tarmog’iga ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda undan foydalanishga urinmang.
Ta’mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo’lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto’g’ri ta’mirlash siz va boshqalarga jiddiy xatar tug’dirishi mumkin. Pech ta’mirlashga muhtoj bo’lsa, SAMSUNG Xizmat ko’rsatish markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o’tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog’iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak. Hech qachon ko’p vilkali adapterlar yoki uzatmalardan foydalanmang.
U ta’mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta’minoti o’chirib qo’yilishi kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
Agar bu qurilmada bug‘da pishirish funksiyasi mavjud bo’lsa, suv ta’minoti kartriji shikastlangan holda bu qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug‘ funksiyasi mavjud modelda)
ko‘rsatmalar bo‘yicha Xavfsizlik
O'zbek 7
|
| ||
|
| ||
|
|
|
|