Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

ko‘rsatmalar bo‘yicha Xavfsizlik

Kartrij yorilgan yoki singan hollarda undan foydalanmang va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug‘ funksiyasi mavjud modelda)

Bu pech faqat uy sharoitlarida taom tayyorlash uchun mo’ljallangan.

Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish elementlariga yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovumagunicha tegmang.

Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.

Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda pech yuzasi qiziydi.

Taom tayyorlagan vaqtda pech eshigini ochganda ehtiyot bo’ling, chunki issiq havo va bug’ tez chiqishi mumkin.

Tarkibida spirt bo’lgan taomlarni tayyorlaganda yuqori harorat tufayli spirt bug’lanib chiqishi va pechning issiq qismlariga tekkanda bug’ alangalanishi mumkin.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug’ bilan tozalamang.

Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.

Pitsa kabi muzlatilgan taomlar Katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish jomidan foydalanilsa, haroratlardagi katta o’zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.

U issiq bo’lgan vaqtda pech tag qismiga suv quymang. Bu emallik yuzaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo’yilishi kerak.

Pech tag qismiga alyumin folga qoplamang va hech qanday pishirish jomi yoki bankalarni joylashtirmang. Alyumin folga issiqlikni to’sib qo’yadi, bu esa emallik yuzalarning shikastlanishiga va taomlarning yaxshi tayyor bo’lmasligiga olib kelishi mumkin.

Meva sharbatlari dog’larni qoldiradi, ular pechning emallik yuzasidan ketmaydigan bo’lishi mumkin.

Namligi juda ko’p bo’lgan piroglarni tayyorlaganda ichi chuqur patnisdan foydalaning.

Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo’ymang.

Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo’l qo’ymang, chunki ular o’zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.

Eshik ustiga chiqmang, egmang, o’tirmang yoki og’ir narsalarni joylashtirmang.

Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.

OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham tokdan ajratmang.

OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.

8  O'zbek

NV75J5170BS_WT_DG68-00617F-01_UZ.indd 8

 

 

2015-06-04 �� 11:19:55