Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang

Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Simsiz zaryadlash qurilmasidan foydalanayotganda qurilma va simsiz zaryadlash qurilmasi orasiga metall buyumlar, magnit va magnit tasmali kartalar kabi begona narsalarni qo‘ymang

Aks holda qurilma to‘g‘ri quvvat olmasligi yoki qizib ketishi mumkin.

Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang

Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.

Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga ishonch hosil qiling.

Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga kiritmang

Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi mumkin.

Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani ishlatmang

Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.

Diqqat

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning zararlanishiga olib kelishi mumkin

O'zbek