•Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.
•Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanmaydi.
Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting
•Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.
•Bevosita mikrofonga gapiring.
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
•Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.
•Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.
•Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
•Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.
•Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
•Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga halaqit bermang
O'zbek