Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang
•Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
•Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating
•Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
•Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi mumkin.
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar yetkazmang
•Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
•Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
•Batareyalar uzoq muddat davomida ishlatilmasa, ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
•Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.
•Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.
•Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun foydalaning.
O'zbek