Transport vositasini boshqarish vaqtida mobil qurilmadan boshqarishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga rioya qiling

Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Hech qachon avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanmang. O‘zingizning va boshqalarning xavfsizligi uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

Qurilmangiz va uning tezkor terish, qayta terish kabi funksiyalarini o‘rganib chiqing. Bunday funksiyalar qurilmangizda qo‘ng‘iroqni qabul qilish yoki amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.

Qurilmangizni qo‘lingiz yetadigan joyga qo‘ying. Ko‘zingizni yo‘ldan uzmagan holda qo‘lingiz simsiz qurilmaga yetishiga ishonch hosil qiling. Agar qulay bo‘lmagan vaqtda Sizga qo‘ng‘iroq qilishsa, ovozli pochtangizga Sizning o‘rningizga javob berishi uchun ruxsat bering.

To‘xtovsiz harakat yoki noqulay ob-havo sharoitida qo‘ng‘iroqlarni to‘xtatib turing. Yomg‘ir, qor aralash yomg‘ir, qor, muz va to‘xtovsiz harakat noqulay sharoitni keltirib chiqarishi mumkin.

Eslatmalar yozmang yoki raqamlar qidirmang.“Bajariladiganlar” ro‘yxatini qidirish yoki manzillar kitobini ko‘rib chiqish asosiy vazifangiz bo‘lgan transport vositasini boshqarishdan diqqatingizni chalg‘itadi.

Aql bilan tering va transportlar qatnovini to‘g‘ri baholang. To‘xtab turgan vaqtda yoki transportlar qatnoviga qo‘shilmay turib raqamni tering. Qo‘ng‘iroqlarni transport vositangiz harakatsiz holatiga mos keladigan vaqtga rejalashtiring.

Diqqatni chalg‘ituvchi yoki stressga olib keluvchi suhbatlarga e’tibor bermang. Telefonda gaplashayotgan shaxsga Siz transport vositasini boshqarayotganingizni bildiring hamda diqqatingizni chalg‘ituvchi suhbatlarni darhol to‘xtating.

Qurilmangizdan to‘g‘ri foydalanish

Qurilmangizni quruq holda saqlang

Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

O'zbek