xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

-Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga to'lgan holda foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi mumkin.

Yuviladigan kirlarni mashinaning ichiga to'liq joylashtiring, kirlar mashinaning eshigiga qisilib qolmasin.

-Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi sodir bo'lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlatilmaganda, vodoprovod krani yopilganligiga ishonch hosil qiling.

-Suv quyish shlangi ulovchisidagi vinting tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.

-Ushbu talabga amal qilmaslik mulkga zarar yetkazilishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

Rezina zichlagichi (prokladka)da begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar va hokazo) yo'qligini tekshiring.

- Agar eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va suvning oqib chiqmasligini tekshiring.

-Agar vintlar yoki suv quyish shlangi ulovchisi bo'shab qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan. Biznes maqsadlarida foydalanish mashinadan noto'g'ri foydalanish hisoblanadi. Bunday hollarda kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi.

Agar yuvishni boshlashdan avval yuviladigan kiyimlarga yuvish yoki dog' ketkazish vositasi qo'shgan bo'lsangiz, yoki kirlarga dastlabki qayta ishlov berilgan bo'lib ular ma'lum vaqtgacha qoldirilgan bo'lsa, kiyimlarning rangi o'chishi mumkin.

Yuviladigan kirlarning turiga qarab tavsiya etilgan rejim va haroratni tanlang, rangning mustahkamligini e'tiborga olib saralang va tegishli rejimni tanlang.

Kiyimlarni kir yuvish mashinasiga solganda to'g'nag'ich, tugmalar va tangalar kabi begona narsalar kiyimlar ichidan olinganligiga ishonch hosil qiling. Kir narsalarni nisbatan toza narsalardan ajratib alohida va nozik narsalarni esa dag'al narsalardan ajratib alohida yuving.

Agar buyumda dog' bo'lsa, uni darhol yuving. Dog' ketkazish yoki yuvish vositasidan faqat buyum rangning mustahkamligini ichki chokiga oz miqdorda qo'shib tekshirgandan so'ng foydalaning.

Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.

-Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi sirtiga insektitsidlar kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.

-Odam uchun xavfli bo'lish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumni joylashtirmang. - Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo'lganligi uchun bunday suvga tegmang.

- Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus dastur bo'lmasa, suv o'tkazmaydigan o'rindiq uchun g'ilof, to'shamalar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.

-Hattoki yorlig'ida kir yuvish mashinasi belgisi ko'rsatilgan bo'lsa ham, qalin yoki qattiq to'shamalarni yuvmang.

-Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.

*Jundan tayyorlangan choyshablar, yomg'irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang'ichilarning

O’zbek - 10

YUKON-03073S-07_UZ.indd 10

6/10/2016 11:08:58 AM

Page 142
Image 142
Samsung WD1142XVR/YLP manual Xavfsizlik boyicha malumotlar