shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo'rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar, mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.

Kir yuvish vositasi qutisi o'z joyiga qo'yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang. - Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo'ladi. - Bu kuyishga sabab bo'lishi mumkin.

Kir yuvish vositasi qutisini ochgandan keyin qo'lingizni ichiga tiqmang.

-Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo'lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab qolinishi mumkin. Kir yuvish mashinasi ichiga yuvilishi kerak bo'lgan narsalardan boshqa hech qanday narsalarni (oyoq kiyimlari, ovqat qoldiqlari, hayvonlar kabi) solmang.

-Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi va o'limiga olib kelishi mumkin.

Sochto'g'nag'ich, pichoq, tirnoq kabi o'tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang. - Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Odatda terini parvarish qilish vositalari do'konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki los'onlar bilan ifloslangan kiyimlarni yuvmang.

-Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo'lishi va suvning chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

Nina to'g'nag'ich, soch to'g'nag'ich yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni bakda uzoq vaqt qoldirmang.

-Bu bakning zanglanishiga olib kelishi mumkin.

-Agar bak sirtida zanglagan joylar paydo bo'lishni boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.

Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.

-Bu moyning oksidlanishidan hosil bo'luvchi yuqori harorat tufayli o'z-o'zidan yonib ketishga yoki birdan yonib ketishga olib kelishi mumkin.

Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.

- Bu kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo'l yuvish sovunidan foydalanmang.

-Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki to'plansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi, ranglarning o'chishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish to'riga joylashtirgan holda yuvmang.

-Paypoq va ko'krakpechlarni yuvish to'riga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.

-Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.

- Agar ular kir yuvish mashinasi ichida to'planib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Tag qismida sovutish teshiklari bo'lgan kir yuvish mashinalarini o'rnatganda, teshiklar gilam yoki boshqa buyumlar bilan to'silib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Yuvilishi kerak bo'lgan barcha kiyimlar cho'ntaklarining bo'sh ekanligiga ishonch hosil qiling.

-Tangalar, to'g'nag'ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o'tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.

Tozalash uchun sanoat kimyosidan foydalanilgan bo'lsa, quritish barabanidan foydalanib bo'lmaydi.

Quritish barabani atrofida par to'planmasligi kerak.

Yuvilmagan buyumlarni quritish barabanida yuvmang.

O’zbek - 11

01 XAVFSIZLIK BO'YICHA MA'LUMOTLAR

YUKON-03073S-07_UZ.indd 11

6/10/2016 11:08:58 AM

Page 143
Image 143
Samsung WD1142XVR/YLP Bu bakning zanglanishiga olib kelishi mumkin, Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang