KIR YUVISH VOSITASI VA QO'SHIMCHALAR TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR

Qaysi kir yuvish vositalaridan foydalanish

Siz foydalanishingiz kerak bo'lgan kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga asoslangan holda aniqlanadi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan "kam ko'piklovchi" kir yuvish vositasidan foydalaning.

Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslanagn holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Agar siz hududingizdagi suvning qattiqlik darajasini bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti idorasidan so'rang.

Qattiqlashgan yoki qotib qolgan kir yuvish vositasidan foydalanmang, chunki kir yuvish vositasi chayish rejimida qolib ketishi mumkin. U kir yuvish mashinasini tegishlicha chaymasligiga yoki to'silib qolish natijasida suvning tashib ketishiga olib kelishi mumkin.

Iltimos, Jundan qilingan buyumlar rejimidan foydalanganda quyidagilarni inobatga oling.

Faqat junli buyumlar uchun bo'lgan neytral suyuq yuvish vositasidan foydalaning.

Kukunli yuvish vositasidan foydalanganda, u buym ustida qolishi mumkin va materialga (jun) shikast yetkazishi mumkin.

Kir yuvish vositalari uchun surma quti

Ushbu kir yuvish mashinasi kir yuvish vositalari va mato yumshatgichi uchun alohida bo'lmalar bilan jihozlangan. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval tegishli bo'limga kir yuvish uchun zarur bo'lgan barcha vositalarni soling.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda kir yuvish vositalari uchun surma qutini ochmang, chunki sizga issiq suv yoki bug' sachrashi mumkin.

1. Boshqarish panelining chap qismidagi kir yuvish vositalari uchun surma qutini oching.

2. Kir yuvish mashinasini ishga tushirishdan avval kir yuvish vositasi bo'limiga tavsiya qilingan miqdorda kir yuvish vositasini qo'shing.

3. Kerak bo'lsa, tavsiya qilingan miqdordagi mato yumshatgichini yumshatgich bo'limiga soling. MAX FILL () CHIZIG'IDAN OSHIRIB yubormang.

4.Dastlabki yuvish opsiyasidan foydalanganda tavsiya

qilingan miqdorda kir yuvish vositasini dastlabki yuvish bo'limiga soling .

Katta buyumlarni yuvganda kir yuvish vositalarining quyidagi turlaridan FOYDALANMANG.

Tabletka va kapsulalar ko'rinishidagi kir yuvish vositalari

Shar va to'rdan foydalanuvchi kir yuvish vositalari

Konsentratsiyalangan yoki quyuq mato yumshatgichi, konditsioner va suyuq yuvish vositasitalari bo'limiga qo'shishdan avval ozgina suv bilan aralashtirish kerak (bu to'silib qolish tufayli suvning toshib ketishini oldini oladi).

03 KIR YUVISH

O’zbek - 33

YUKON-03073S-07_UZ.indd Sec5:33

6/10/2016 11:09:03 AM

Page 165
Image 165
Samsung WD1142XVR/YLP KIR Yuvish Vositasi VA Qoshimchalar Togrisida Malumotlar, Qaysi kir yuvish vositalaridan foydalanish