kir yuvish mashinasini tozalash va texnik xizmat ko'rsatish

KIR YUVISH MASHINASINING TASHQI YUZASINI TOZALASH

Kir yuvish tugatilganidan so'ng suv kranlarini berkiting.

Bu kir yuvish mashinangizga suv kelishini to'sadi va suv oqib ketishining oldini oladi. Kir yuvish mashinasining ichini yaxshi quritish uchun uning eshigini ochiq qoldiring.

Barcha yuvish vositalari, oqartirgichlar va boshqa narsalarning oqib tushgan izlarini yumshoq mato bilan arting.

Quyidagilarni tavsiya etilganidek tozalang:

Boshqaruv paneli - yumshoq, nam mato bilan tozalang. Abraziv (shiluvchi) poroshok yoki qattiq gupkalardan foydalanmang. Tozalash vositasini bevosita panelga sepmang.

Shkaf - sovun va suv bilan tozalang.

KIR YUVISH MASHINASINING ICHINI TOZALASH

Kir bo'lgan buyumlarni yuvilishidan keyin mashinada qolishi mumkin bo'lgan kir, turpoq, badbo'y hidlar, po'panak yoki bakteriyalarni yo'qotish uchun yuvish mashinasining ichini tez-tez tozalab turish kerak. Ushbu yo'riqnomalarga amal qilmaslik kir yuvish mashinasi yoki yuvilgan kirlarda badbo'y hidlar va/yoki tozalab bo'lmaydigan dog'larning qolishi kabi noxush natijalarga olib kelishi mumkin.

Kerak bo'lsa, qattiq suvdan qolgan dog'larni tozalash kerak. Kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan tozalagichlardan foydalaning.

KIR YUVISH VOSITALARINING SURMA QUTISINI TOZALASH

Chang qatlami paydo bo'lishi sababli avtomatik surma qutini tozalash kerak bo'ladi.

1.Suyuq yuvish vositasining bo'limini surma qutidan chiqaring.

2. Mato yumshatgich va oqartirgich bo'limlaridagi sifon qopqog'ini oching.

3. Barcha qismlarni oqayotgan suvda yuving.

4. Qutining ichlarini yumshoq chyotka bilan tozalang.

5.Sifon qopqog'ini yoping va joyiga mahkamlab o'rnating.

6.Surma qutisini joyiga qaytarib o'rnating.

7.Buyumlarni solmasdan Chayish+Siqish rejimini ishga tushiring.

Sifon qopqog'i

O’zbek - 34

YUKON-03073S-07_UZ.indd Sec6:34

6/10/2016 11:09:04 AM

Page 166
Image 166
Samsung WD1142XVR/YLP manual KIR Yuvish Mashinasining Tashqi Yuzasini Tozalash, KIR Yuvish Mashinasining Ichini Tozalash