xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang, elektr manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini mashinaning orqa devorida joylashgan maydonga kiritmang.

- Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Viklani rozetkadan sug'urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.

-Elektr manbaiga ulash vilkasini vilkadan ushlagan holda rozetkadan sug'urib oling.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasi va trubalarni o'zingiz qoqinib ketishingiz mumkin bo'lgan joylarda o'rnatmang.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog‘iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish quvuridan foydalanish mumkin bo‘lgan tarzda o‘rnatilishi kerak.

DIQQAT O'RNATISH UCHUN OGOHLANTIRISH BELGILARI

Ushbu mashina elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashinani uning og'irligini ko'tara oladigan qattiq, tekis polga o'rnating.

-Ushbu talabga amal qilmaslik nonormal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin chiqishi yoki mahsulot nosozliklariga olib kelishi mumkin.

OGOHLANTIRISH FOYDALANISHGA TEGISHLI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI

Agar mashina suv bilan to'lib qolsa, darhol suv va elektr ta'minotini o'chiring va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

-Elektr manbaiga ulash vilkasini nam qo'llaringiz bilan tegmang

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin

Agar ushbu mashina g'alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Gaz (masalan, propan, siqilgan gaz va hokazo) oqib chiqqan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasiga tegmasdan xonani darhol shamollating. Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash shnuriga tegmang.

-Ventilyatordan foydalanmang.

-Uchqun chiqishi portlash yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o'ynashlariga yo'l qo'ymang. Bundan tashqari, mashinani chiqitga chiqarishda uning eshigining dastasini olib tashlang.

-Agar bola mashinaning ichiga kirib olsa, eshigi yopilib qolishi va bolaning nafasi qaytib, bo'g'ilib qolishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, penoplast) olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.

Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo'yoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa yonuvchi yoki portlovchi moddalar bilan yuvmang.

- Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish rejimlarida) uning eshigini kuch bilan ochmang.

-Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo'lishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin.

Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

-Eshikni kuch bilan ochish mashinaning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

O’zbek - 8

YUKON-03073S-07_UZ.indd 8

6/10/2016 11:08:58 AM

Page 140
Image 140
Samsung WD1142XVR/YLP manual Diqqat Ornatish Uchun Ogohlantirish Belgilari