Kiyimlarni qo'lda yuvish

Siz Sikl tanlovchisidan foydalanmagan holda kir yuvishni qo'lda bajarishingiz mumkin.

1.Suv quyish kranini yoqing.

2.Kir yuvish mashinasida Подключение (Quvvat) tugmasini bosing.

3.Eshikni oching.

4.Kiyimlarni navbati bilan baraban ichiga ortiqcha zichlab to'ldirmasdan yuklang.

5.Eshikni yoping.

6.Kir yuvish vositasi va, kerak bo'lsa, yumshatgich yoki dastlabki yuvish uchun kir yuvish vositasini tegishli bo'limlarga qo'shing.

7.Haroratni tanlash uchun Темп. (Haror.) tugmasini bosing. (Sovuq suv, 30 ˚C, 40 ˚C, 60 ˚C, 95 ˚C)

8.Kerakli chayqash sikllarining sonini tanlash uchun Полоскание (Chayish) tugmasini bosing. Chayish sikllarining eng ko'p soni beshta.

Yuvish davomiyligi mos tarzda ortadi.

9.Siqish tezligini tanlash uchun Отжим (Siqish) tugmasini bosing. ( : Siqishsiz)

10.Отсрчкa (Kir yuvishni kechiktirish) tugmasini mavjud Отсрчкa (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyalar bo'ylab o'tish uchun qayta-qayta bosing (qiymat darajasi bir soatdan bo'lib 1 soatdan 24 soatgacha). Namoyish qilingan vaqt kir yuvishning tugallash vaqtini ko'rsatadi.

11.Старт/Пауза (Boshlash/To'xtatish) tugmasini bosing va mashina siklni boshlaydi.

KIR YUVISH BO'YICHA KO'RSATMALAR

Eng toza yuvilgan kirlar va kir yuvishning eng yaxshi natijalariga ega bo'lish uchun ushbu oddiy ko'rsatmalarga amal qiling.

Yuvishdan avval doimo kiyim etiketkasidagi yuvishning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqing.

Yuviladigan kirlarni quyidagi toifalar bo'yicha turlarga ajrating va yuving:

Yuvish bo'yicha ko'rsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.

Rangi: Rangli buyumlarni oq rangdagi buyumlardan ajrating. Yangi rangli buyumlarni alohida yuving.

O'lchami: O'lchamlari bo'yicha farq qiladigan buyumlarni aralashtirib solish yuvish samaradorligini oshiradi.

Ta'sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun nozik yuvish siklidan foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. O'zingiz yuvayotgan buyumlarning yorliqlarini tekshiring yoki ilovadagi kiyimlarni saqlash jadvaliga qarang.

Cho'ntaklarni bo'shatish

Har bir kir yuvishdan avval yuviladigan buyumlaringizning barcha cho'ntaklarini bo'shating. Kichik yuklash, tanga, pichoq, to'g'nag'ich va qog'oz uchun skrepka kabi kichkina, qattiq va o'tkir buyumlar kir yuvish mashinangizni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Katta to'qalari, tugmalari yoki boshqa og'ir metall buyumlari mavjud bo'lgan kiyimlarni yuvmang.

Kiyimlardagi metall elementlar kiyim va bakga shikast yetkazishi mumkin. Ularni yuvishdan avval tugmali va kashtali kiyimlarni teskarisini ag'darib qo'ying. Agar yuvish vaqtida shimlar va kurtkalarning zamoklari ochiq bo'lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Yuvishdan avval zamoklar yopilishi va ip bilan bog'lab qo'yilishi kerak.

Uzun bog'ichlari bo'lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi va ularni shikastlashi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning biriktirib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.

Paxtadan qilingan buyumlarni dastlabki yuvish

Ushbu kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalari bilan birgalikda quvvatlar, vaqt, suv va kir yuvish vositasini tejagan holda ajoyib kir yuvish natijalariga erishishni ta'minlaydi. Biroq, agar paxtadan qilingan buyumlar juda kirlangan bo'lsa, ularni yuvish uchun oqsillar asosidagi kir yuvish vositasi bilan dastlabki yuvish rejimidan foydalaning.

O’zbek - 31

03 KIR YUVISH

YUKON-03073S-07_UZ.indd Sec5:31

6/10/2016 11:09:03 AM

Page 163
Image 163
Samsung WD1142XVR/YLP manual KIR Yuvish Boyicha Korsatmalar, Kiyimlarni qolda yuvish, Chontaklarni boshatish