xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Oshxona yog'i, atseton, alkogol, benzin, kerosin, dog' ketkazish vositasi, skipidar, mum va mum ketkazish vositalari kabi narsalar bilan kirlangan buyumlar quritish barabanida quritilishidan avval qo'proq miqdorda yuvish vositasini qo'shib issiq suvda yuvilishi kerak.

Paralon (lateksli gupka), dush uchun qalpoqlar, suvga chidamli matolar, rezina asosidagi buyumlar va kiyimlar, yoki parolonli yostiqlar kabi buyumlarni quritish barabanida quritish mumkin emas.

Mato yumshatgichlari yoki shunga o'xshash mahsulotlardan ularning yo'riqnomalarida belgilanganidek foydalanish kerak.

Quritish rejimining oxirgi qismi isitishsiz (sovutish rejimi) buyumlarga ziyon yetkazilmaydigan haroratgacha pasaytirilib amalga oshiriladi.

OGOHLANTIRISH: Barcha buyumlar tezda chiqarilgan va sovish uchun yoyib qo'yilgan holatlardan tashqari quritish barabanini quritish sikli oxiriga yetmagunicha hech qachon to'xtatmang.

Mashinani qulflanadigan eshik orqasiga, ikki yoqqa suriladigan eshiklar yoki halqasi mashina turgan tarafidan yopiluchi eshiklar mavjud joylarga o'rnatish mumkin emas.

OGOHLANTIRISH TOZALASHGA TEGISHLI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI

Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo'li bilan tozalamang.

Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.

- Bu ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko'rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan uzing. - Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

WEEE BELGISIGA OID KO'RSATMALAR

Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofisiga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tijoriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

O’zbek - 12

YUKON-03073S-07_UZ.indd 12

6/10/2016 11:08:58 AM

Page 144
Image 144
Samsung WD1142XVR/YLP manual Weee Belgisiga OID Korsatmalar