Qo'lingizni kir yuvish mashinasi tagiga tiqmang. - Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo'llaringiz bilan tegmang. - Bu elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini sug'urish orqali mashinani o'chirmang.

-Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga takroran ulash uchqun chiqishiga sabab bo'lishi va elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Bolalar va imkoniyatlari cheklangan kishilarga mashinadan nazoratsiz foydalanishlariga yo'l qo'ymang. Bolalarning mashina ustiga chiqishlariga yo'l qo'ymang

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'in yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo'llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang. - Bu jarohat olishga sabab bo'lishi mumkin.

Mashinani elektr shnuridan tortib o'chirmang, doimo elektr vilkasini mustahkam ushlab, rozetkadan to'g'ri tortib chiqaring.

-Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin

Kir yuvish mashinasini o'zingizcha ta'mirlash, qismlarga ajratish yoki o'zgartirishga urinmang.

-Standart predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis qo'yilma, po'lat sim va hokazo) foydalanmang.

-Kir yuvish mashinasini ta'mirlash yoki qaytadan o'rnatish kerak bo'lsa, o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashina suvga to'lishni boshlasa, elektr vilkasini rozetkadan uzing.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq/chaqmoq bo'layotgan vaqtda elektr vilkasini rozetkadan uzib qo'ying.

- Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Bolalar (yoki uy hayvonlari) mashina ichida yoki ustida o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. Mashina eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsa, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.

DIQQAT FOYDALANISH UCHUN OGOHLANTIRISH BELGILARI

Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona narsalar bilan ifloslangan hollarda elektr vilkasini rozetkadan uzing va kir yuvish mashinasini nam va yumshoq latta bilan tozalang.

-Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo'ling. - Oynaning sinishi jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan oching. Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo'lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.

-Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning sizib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasini ishlatish paytida suv oqib chiqisa, suv chiqarish tizimi bilan bog'liq muammoning mavjudligini tekshiring.

O’zbek - 9

01 XAVFSIZLIK BO'YICHA MA'LUMOTLAR

YUKON-03073S-07_UZ.indd 9

6/10/2016 11:08:58 AM

Page 141
Image 141
Samsung WD1142XVR/YLP manual Diqqat Foydalanish Uchun Ogohlantirish Belgilari