OGOHLANTIRISH O'RNATISHGA TEGISHLI JIDDIY OGOHLANTIRISH BELGILARI

Ushbu mashinani o'rnatish malakali texnik yoki sizmat ko'rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi kerak.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og'ir, uni ko'targanda ehtiyot bo'ling

Elektr tarmog'iga ulash shnurini 220-240 V / 50 Gzli devor rozetkasi yoki undan yuqoriga ulang va bu rozetkadan faqat ushbu mashinani ulash uchun foydalaning. Bundan tashqari, uzaytma simdan (udliniteldan) foydalanmang.

-Rozetkaga uchtalik (troynik) yoki uzaytma sim (udlinitel) orqali boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

-Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko'rsatilganlari bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan bo'lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq latta bilan muntazam ravishda tozalab turing.

-Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.

-Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga to'g'ri tomoni bilan va shnur polda bemalol yotadigan qilib ulang.

-Agar elektr vilkani rozetkaga qarama-qarshi yo'nalishda ulasangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Barcha qadoqlash materiallarini bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang, chunki qadoqlash materiallari ular uchun xavfli bo'lishlari mumkin.

- Agar bola paketga boshini tiqsa, bu uning bo'g'ilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina, elektr manbaiga ulash vilkasi yoki shnuri shikastlansa, o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu mashina yerga ulangan simga (zazemleniye) to'g'ri ulangan bo'lishi shart.

Ushbu mashinani gaz quvuri, plastik suv quvuri (vodoprovod trubasi) yoki telefon liniyasi orqali yerga ulamang.

-Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, portlash yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin

-Hech qachon elektr manbaiga ulash vilkasini tegishli ravishda yerga ulanmagan rozetkaga ulamang va yerga ulashning mahalliy va milliy tartiblariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashinani isitgichlar, yonuvchan materiallar yaqiniga o'rnatmang.

Ushbu mashinani nam, yog'li yoki chang bosgan joylar yoki bevosita quyosh yoki suv (masalan, yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.

Ushbu mashinani past haroratli joylarga o'rnatmang. - Muzlash trubalarning yorilishiga olib kelishi mumkin

Ushbu mashinani gaz chiqib ketishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang. - Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr transformatorlaridan foydalanmang.

- Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Shikastlangan elektr manbaiga ulash vilkasi, shikastlanagan elektr manbaiga ulash shnuri yoki kontaktlari bo'shab qolgan rozetkadan foydalanmang.

- Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang.

Elektr manbaiga ulash shnurini o'ramang yoki bog'lamang.

O’zbek - 7

01 XAVFSIZLIK BO'YICHA MA'LUMOTLAR

YUKON-03073S-07_UZ.indd 7

6/10/2016 11:08:58 AM

Page 139
Image 139
Samsung WD1142XVR/YLP manual ’zbek