xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar

Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada kir yuvish mashinangizni o'rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha muhim ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning barcha afzalliklari va imkoniyatlaridan to'liq darajada

foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.

TEXNIKA XAVFSIZLIGI KO'RSATMALARI TO'G'RISIDA MUHIM MA'LUMOTLAR

Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qib chiqing va kelajakda foydalanish uchun mashinaning yonidagi ishonchli joyda saqlang. Ushbu mashinadan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.

Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda siz sog'lom fikr bilan ish ko'rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta'minlashingiz kerak.

Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo'lganligi uchun kir yuvish mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, sizga eng yaqin bo'lgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma'lumotlar toping.

MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI

Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma'nolarni bildiradi:

 

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy jarohat

OGOHLANTIRISH

olish, o'lim va/yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

 

 

Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat olish va/

DIQQAT

yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.

 

 

Yong'in chiqishi, portlash, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir

DIQQAT

yuvish mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:

 

Kuch ishlatmang.

Qismlarga ajratmang.

Tegmang.

Ko'rsatmalarga qat'iy amal qiling.

Elektr vilkasini rozetkadan chiqaring.

Elektr toki urishining oldini olish uchun kir yuvish mashinasi yerga ulangan simga ulanganligiga (zazemleniye qilinganligiga) ishonch hosil qiling.

Yordam uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Izoh

Yo‘l-yo‘riqlarni o‘qing

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar siz va boshqalarning jarohatlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan. Iltimos, ularga qat'iy amal qiling. Ushbu bo'limni o'qib chiqqandan keyin kelajakda foydalanish uchun qo'llanmani ishonchli joyda saqlang.

Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.

Elektr toki va harakatlanuvchi detallardan iborat bo'lgan har qanday jihozlar kabi ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.

O’zbek - 3

01 XAVFSIZLIK BO'YICHA MA'LUMOTLAR

YUKON-03073S-07_UZ.indd 3

6/10/2016 11:08:57 AM

Page 135
Image 135
Samsung WD1142XVR/YLP manual Xavfsizlik boyicha malumotlar, Muhim Xavfsizlik Belgilari VA Ehtiyot Choralari