O'ZBEK

Gril rejimida tayyorlash

Gril mikroto'lqinlardan foydalanmagan holda taomlarni tez isitish va qovurishga imkon beradi. Shu maqsadda mikroto'lqinli pech gril panjarasi bilan jihozlangan.

1.Гриль (Gril) tugmachasini bosgan holda grilni avvaldan

qizdirib oling, vaqtni o'rnating (10мин (10 daq), 1мин (1 daq) va 10сек (10 son)) va СТАРТ (Start) tugmasini bosing.

2.Eshikchani oching va mahsulotlarni panjaraga qo'ying.

3.Taomni pech panjarasiga joylashtiring.

Гриль (Gril) tugmachasini bosing. 10мин (10 daq), 1мин (1 daq) va 10сек (10 son) tugmalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

(Gril rejimida tayyorlashning maksimal vaqti 60 daqiqa.)

4. СТАРТ (Start) ( ) tugmasini bosing.

Natija : Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana boshlaydi.

1)Taom tayyorlanishi boshlanadi,

tayyorlash jarayoni yakunlanganida, pech to'rt marta tovushli signal beradi.

2)Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) beriladi.

3)Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Tayyorlash jarayonida qizdirish elementi o'chsa va yana yonsa, xavotir olmang. Ushbu tizimning tuzilishi ortiqcha qizib ketishning oldini oladi.

Pechdagi anjomlariga tegayotganda doimo pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish

Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.

DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.

DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki ular juda issiq bo'ladi.

1.Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta

tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching. Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga joylashtiring. Eshikchani yoping.

2. СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing.

Natija : Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:

СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril) (mikroto'lqin va gril rejimi)

600 Vt

(ishlab chiqilayotgan quvvat)

Mos quvvat darajasi namoyish qilingunicha СВЧ+Гриль (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosgan holda tegishli quvvat darajasini tanlang.

Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.

3. 10мин (10 daq), 1мин (1 daq) va 10сек (10 son) tugmalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini o'rnating. Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.

4. СТАРТ (Start) ( ) tugmasini bosing.

Natija : Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash yakunlangandan keyin.

1)Pech to'rt marta tovushli signal beradi.

2)Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini

eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) beriladi.

3)Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.

Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi 600 Vt.

20

GE73MR_BWT_DE68-04091A-04_UZ.indd 20

2014-07-16 �� 6:22:14

Page 116
Image 116
Samsung GE73MR-S/BWT, GE73MR/BWT manual Gril rejimida tayyorlash, Mikrotolqinlar va grildan birgalikda foydalanish