3.Displeyda to'g'ri vaqt namoyish qilinganda soat ishlay boshlashi uchun yana Часы (Soat)

tugmachasini bosing.

Natija : Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt ko'rsatiladi.

TAOM TAYYORLASH/ISITISH

Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi.

Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO tekshiring.

Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.

1.СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosing.

Natija : Quvvatning 800 Vt (taom tayyorlash uchun eng yuqori darajadagi quvvat) qiymati namoyish qilinadi:

Displeyda quvvatning kerakli darajasi paydo bo'lgunicha СВЧ (Quvvat darajasi) tugmachasini bosgan holda kerakli quvvat darajasini o'rnating. Keyingi sahifadagi quvvat darajalariga qarang.

2.10мин (10daq), 1мин (1daq) va 10сек (10son)

tugmalarini bosgan holda tayyorlash vaqtini o'rnating.

3.СТАРТ (Start) ( ) tugmasini bosing.

Natija : Pech chirog'i yonadi va aylanuvchi patnis aylana boshlaydi.

Taom tayyorlash boshlanadi va u

nihoyasiga yetishi bilan pech to'rt marta tovushli signal beradi.

Hech qachon mikroto'lqinli pechning ichi bo'sh bo'lganida, uni yoqmang.

QUVVAT DARAJALARI

Siz quyida keltirilgan quvvat darajalaridan bittasini tanlashingiz mumkin.

Quvvat darajasi

Chiqish quvvati

 

 

YUQORI

800 Vt

 

 

O'RTACHA YUQORI

600 Vt

 

 

O'RTACHA

450 Vt

 

 

O'RTACHA PAST

300 Vt

 

 

MUZDAN TUSHIRISH ( )

180 Vt

 

 

PAST

100 Vt

 

 

Agar quvvatning yuqoriroq darajasini tanlamoqchi bo'lsangiz, unda tayyorlash vaqti kamaytirilishi kerak.

Agar quvvatning pastroq darajasini tanlamoqchi bo'lsangiz, unda tayyorlash vaqti oshirilishi kerak.

TAOM TAYYORLASH VAQTINI O'RNATISH

Har bir bosish bilan 30 soniya tayyorlash vaqtini qo'shgan holda taom tayyorlash vaqtini +30сек (+30son) tugmasini bosish orqali orttirish mumkin.

1.Qo'shiladigan har 30 soniya uchun +30сек

(+30son) tugmasini bir marta bosing.

2.СТАРТ (Start) ( ) tugmasini bosing.

O'zbekcha-14

ME83DR-1W_BWT_DE68-04225A-02_UZ.indd 14

2014-10-03 �� 3:44:46

Page 98
Image 98
Samsung ME83DR-1W/BWT, ME83DR-1/BWT manual Taom TAYYORLASH/ISITISH, Quvvat Darajalari, Taom Tayyorlash Vaqtini Ornatish