nosozliklarni bartaraf qilish va xatolik kodi

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal qilishga harakat qiling.

Bu oddiy holat.

Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.

Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.

Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari.

Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan

bug'.

() tugmasi bosilganda pech ishga tuhsmayapti.

Eshikcha to'liq yopilganmi?

Taom umuman tayyorlanmayapti.

Tayyorlanish vaqtini to'g'ri belgiladingizmi va () tugmachasini bosdingizmi?

Eshikcha yopilganmi?

• Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.

Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?

Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?

Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?

Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?

Chiroq ishlamayapti.

Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta'sirchan bo'lsa, unda displeydagi ko'rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun elektr tarmog'iga ulash shnuri vilkasini rozetkadan uzing va qaytadan ulang. Vaqtni qaytadan o'rnating.

Agar muammoni yuqoridagi yo'riqnomalarni o'qigandan keyin ham hal eta olmagan bo'lsangiz, o'zingizga yaqin bo'lgan SAMSUNG kompaniyasining yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Iltimos, quyidagi ma'lumotlarni o'qib oling.

Model nomi va seriya raqami, ular odatda pechning orqa paneliga yozilgan bo'ladi

Kafolat ma'lumotlari

Muammoning aniq bayoni

Keyin mahalliy dilerga yoki SAMSUNG kompaniyasining sotuvdan keyin xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

XATOLIK KODI

"SE" xabari ko'rsatiladi.

"SE" xabari tugmachalarni tozalaydi va tugmacha atrofidagi sirtlarda suv borligini tekshiradi. Mikroto'lqinli pechni o'chiring va yana o'rnatishga harakat qilib ko'ring. Agar bu xato yana takrorlansa, SAMSUNG kompaniyasining mahalliy xaridorlarga xizmat ko'rsatish Markaziga qo'ng'iroq qiling.

O'zbekcha-26

ME83DR-1W_BWT_DE68-04225A-02_UZ.indd 26

2014-10-03

�� 3:44:52

Page 110
Image 110
Samsung ME83DR-1W/BWT, ME83DR-1/BWT, ME83DR-1WX/BWT manual Nosozliklarni Bartaraf Etish, Xatolik Kodi, Ozbekcha-26