Lazanya
Tarkibi 2 qoshiq zaytun moyi, 500 g go‘sht qiymasi, 500 ml pomidor sousi, 100 ml lahm go‘sht, 150 g quritilgan lazanya bo‘lagi,
1 ta piyoz (to‘g‘ralgan), 200 g qirilgan pishloq,
1 qoshiq quritilgan petrushka, oregano, rayhon
Tayyorlash usuli Go‘sht uchun pomidor sousini tayyorlang. Moyni tovada qizitib, qiyma bilan piyozni qizartirib, 10 daqiqacha qovuring. Ustidan pomidor sousini quyib, go‘shtni soling, quritilgan ziravorlarni qo‘shing. Qaynatib olib, keyin 30 daqiqaga miltillatib qo‘ying.
Lazanyani o‘ramdagi yo‘riqnomasiga qarab pishiring. Lazanya vermisheli, go‘sht sousi va pishloqni bir qatlam qilib soling, keyin yana bir qatlam soling. Keyin ustidan qolgan pishloqni tekis seping.
Olmali pirog
Tarkibi • Pishiriq: 275 g un, 1/2 qoshiq tuz, 125 g oq shakar kukuni,
8 g vanilali shakar, 175 g yaxna sariyog‘, 1 ta tuxum (ko‘pirtirilgan)
•Ichidagisi: 750 g butun olmalar, 1 qoshiq limon sharbati, 40 g shakar, 1/2 qoshiq dolchin, 50 g urug‘siz mayiz, 2 qoshiq non mag‘zi
Tayyorlash usuli Tog‘oradagi unga tuz soling. Unga shakar kukuni bilan vanilali shakar soling. Sariyog‘ni un ichida 2 ta pichoq bilan maydalang. Ko‘pirtirilgan tuxumning
3/4 qismini soling. Hamma masalliqlarni oshxona kombaynida
Olmani archib, o‘rtasini olib tashlang. Kub shaklida 3/4 x 3/4 sm o‘lchamda to‘g‘rang. Limon sharbati sepib, yaxshilab aralashtiring. Korinka va mayizlarni yuvib, quriting. Shakar, dolchin, mayiz va korinkalarni qo‘shing. Yaxshilab aralashtirib, xamir tagiga ushoq seping. Ozgina ezing.
Qolgan xamirni ham yoying. Xamirni uzunchoq bo‘lakda kesib, qiyma ustiga panjara qilib qo‘ying. Pirogning ustiga qolgan tuxumni tekis surtib chiqing.
pishirish Aqlli
O'zbek 49
|
| ||
|
| ||
|
|
|
|