qarov va Tozalash

Tozalash va qarov

Muammoli g'ubor

1.Kuyib yopishgan shakar, erigan plastik, alyumin folga yoki boshqa

materiallarni hali issiqligida darhol shisha qirgichi bilan olib tashlang.

OGOHLANTIRISH

Shisha qirgichni qaynoq yuzada ishlatganda kuyib qolish xavfi bor:

2. Plita sovigandan so'ng odatdagidek usulda tozalang. Biron narsa erib qolgan nuqta sovigan bo'lsa, uni tozalash uchun yana isiting.

IZOH

Keramik shisha yuzada, masalan, o'tkir qirrali tova qirgan yoki qora dog' hosil qilgan bo'lsa, ularni ketkazib bo'lmaydi. Shunday bo'lsa ham, ular plitaning ishlashiga xalaqit bermaydi.

24  O'zbek

Plita ramkasi (alohida sotiladi)

OGOHLANTIRISH

Plita ramkasida sirka, limon sharbati yoki qadoq qirgichdan foydalanmang; aks holda och rangli dog'lar paydo bo'ladi.

1.Ramkani nam latta bilan arting.

2.Qurigan qoldiqlarni ho'l latta bilan yumshating. Artib tashlang va quriting.

Jihozga zarar yetkazmaslik uchun

Plitadan ish stoli sifatida yoki narsalar saqlashda foydalanmang.

Plitada tova bo'lmasa yoki tova bo'sh bo'lsa, pishirish nuqtasini ishga tushirmang.

Keramik shisha juda pishiq va haroratga chidamli, lekin uni sindirish mumkin. Plitaga o'tkir yoki qattiq jism tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

Tovalarni plita ramkasiga qo'ymang. Qoplamasi tirnalishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

Plita ramkasiga kislotali suyuqliklar to'kmang, masalan, sirka, limon sharbati va qadoqni ko'chiruvchi moddalarni, chunki bu suyuqliklar och rangli dog'lar paydo qilishi mumkin.

Qaynoq pishirish nuqtasiga shakar yoki shakarli qorishma to'kilsa va erisa, uni hali issiqligida darhol oshxona qirgichi bilan olib tashlash lozim. Sovib qolsa, olib tashlayotganda yuzaga shikast yetkazishi mumkin.

Eriydigan narsalarni, masalan, plastik, alyumin folga, pech folgalarini keramik shisha yuzadan uzoqroqda saqlang. Bironta shunaqa narsa plita ustida erisa, uni darhol qirgich bilan olib tashlash lozim.

NZ64K5747BK_WT_DG68-00798A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 24

 

 

4/12/2016 10:40:21 AM