Plitadan foydalanish

Dastlabki tozalash

Keramik shishali yuzani nam latta hamda keramik shishani tozalash vositasi bilan arting.

OGOHLANTIRISH

Ishqorli yoki abrasiv vositalar ishlatmang. Yuzasi shikastlanishi mumkin.

Induksion pishirish nuqtalari uchun idish

Magnit tubli idish pishirish nuqtasiga qo'yilganidan keyingina induksion plitani yoqish mumkin. Quyidagi mos keladigan idishni ishlatishingiz mumkin.

Idish materiali

Idish materiali

Mos

 

 

Po'lat, emal qoplangan po'lat

Ha

Cho'yan

Ha

Zanglamaydigan po'lat

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tegishlicha

 

belgi qo'yilgan bo'lsa

Alyuminiy, Mis, Jez

Yo‘q

Shisha, Keramika, Chinni

Yo‘q

 

 

IZOH

Induksion plita uchun idish ishlab chiqaruvchi tomonidan mos deb belgi qo'yiladi.

IZOH

Induksion pishirish nuqtalarida ishlatilganida idishlar shovqin chiqarishi mumkin. Bu shovqinlar normal holatdir.

IZOH

Zanglaydigan po‘latdan qilingan idishlar zanglamaydigan po‘latga qaraganda issiqlikni kamroq o‘tkazadi. Zanglaydigan po‘latdan qilingan idish ishlatilsa, tayyorlash vaqti cho‘ziladi.

Mos kelish sinovi

Induksion pishirish uchun mos keladigan idishga magnit yopishadi hamda uning mosligi haqida ishlab chiqaruvchining belgisi qo'yilgan bo'ladi.

IZOH

Magnitga yopishmaydigan, temir bo'lmagan idishda yoki pasti temir bilan qoplangan, o'zi temirdan qilinmagan idishlarda induksion pishirish to'g'ri ishlamasligi mumkin.

foydalanish Plitadan

O'zbek  15

NZ64K5747BK_WT_DG68-00798A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 15

 

 

4/12/2016 10:40:17 AM