![](/images/new-backgrounds/1325298/325298213x1.webp)
Tozalash va qarov
Plita
OGOHLANTIRISH
Issiq keramik shisha yuzaga tozalovchi moddalar tegmasligi kerak: Tozalashdan so'ng tozalash moddalari yetarli miqdordagi suv bilan yuvib tashlanishi kerak, chunki yuza qiziganda ular ishqorga aylanishi mumkin. Kuchli tozalovchi vositalarni ishlatmang, masalan, gril yoki pechga sepiladigan vositalar, gubka yoki abraziv tova tozalagichlar.
IZOH
Keramik shisha yuzani har gal ishlatgandan so'ng hali iliqligida tozalang. Shunda sepilgan vosita yuzada kuyib qolmaydi. Qadoq, suv dog'i, to'kilgan yog', rangi o'chgan metall dog'larini keramik shisha yoki zanglamaydigan po'lat uchun maxsus sotiladigan tozalovchi vositalar yordamida ketkazing.
Ozgina dog' tushganda
1.Keramik shisha yuzani nam latta bilan arting.
2.Toza latta bilan artib quriting. Yuzada tozalovchi moddaning qoldiqlari qolmasligi kerak.
3.Butun keramik shisha yuzasini haftada bir marta keramik shisha yoki zanglamaydigan po'lat uchun maxsus sotiladigan tozalovchi vositalar yordamida tozalang.
4.Keramik shisha yuzani yetarli miqdordagi toza suv yordamida arting va toza, yungsiz latta bilan artib quriting.
Ketmaydigan dog' tushganda
1.Toshgan ovqat yopishib qolgan bo'lsa, shisha qirgich bilan olib tashlang.
2.Shisha qirgichni keramik shisha yuzaga burchak ostida qo'ying.
3. Tig'i bilan qirib, qoldiqlarni ketkazing.
IZOH
Shisha qirgichlar va keramik shishani tozalash vositalari ixtisoslashgan do'konlarda sotiladi.
O'zbek 23
Tozalash va qarov
4/12/2016 10:40:21 AM