ko‘rsatmalar bo‘yicha Xavfsizlik

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Plita ichidagi isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak. OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak. Qurilmani tozalash uchun bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.

Plita ustiga metall buyumlar, shu jumladan pichoq, sanchqi, qoshiq va qopqoq qo'ymang, chunki ular qizib ketishi mumkin. Foydalanib bo'lgach, plita elementini o'chirib qo'ying, bu holda tova detektoriga ishonib qolmang.

Plita shishasini tozalash uchun abraziv materiallar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnashi, bu esa oynaning sinishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu jihoz tashqi taymer yoki masofadan boshqarish pulti yordamida ishlatish uchun mo'ljallanmagan. OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar foydalanish vaqtida issiq bo'ladi. Plita ichidagi isitish elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak. 8 yoshdan kichikroq bolalalarni, agar ular doimiy nazorat ostida bo'lmasalar, pechga yaqinlashtirmaslik lozim.

Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak. OGOHLANTIRISH: Plitada yog'-moyli taomni nazoratsiz tashlab ketish xavfli bo'lib, yong'in keltirib chiqarishi mumkin.

Olovni suv bilan o'chirishga URINMANG, bundan ko'ra jihozni o'chirib, alangani qopqoq yoki mato bilan yoping. OGOHLANTIRISH: Yong‘in xavfi bor: taom tayyorlanadigan yuzada narsalar saqlamang.

OGOHLANTIRISH: Ushbu jihozni ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan plita to‘sig‘idangina foydalaning. Mos kelmaydigan to‘siqlardan foydalanish noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan yuzalarning harorati baland bo'lishi mumkin.

Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning qo'li yetmaydigan tarzda saqlang.

4  O'zbek

NZ64K5747BK_WT_DG68-00798A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 4

 

 

4/12/2016 10:40:14 AM