Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

Plitani o'rnatish

OGOHLANTIRISH

Jihoz faqatgina mutaxassis tomonidan o'rnatilishi va yerga ulanishi lozim. Iltimos, bu qoidaga amal qiling. Noto‘g‘ri o‘rnatish oqibatida yetgan zarar kafolat tomonidan qoplanmaydi.

Texnik ma’lumotlar ushbu qo‘llanma oxirida berilgan.

O'rnatuvchi uchun xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar

Qurilma o'chirgichdan barcha qutblardan uzilish imkonini beradigan va kontakt uchun kamida 3 mm lik oraliqqa ega bo'lgan elektr qurilmasi ulanishi bilan ta'minlanishi kerak. Mos keluvchi himoyalovchi qurilmalarga liniyani himoyalovchi uzgich, saqlagichlar (burab kiritiladigan saqlagichlarni patronidan olib tashlash kerak), yerga o'tib ketishni ajratgich va tutashtirgichlar kiradi.

Yong‘indan himoya maqsadida bu qurilma EN 60335 - 2 - 6 shartlariga javob beradi. Bu turdagi qurilmani bir tomonida bufet yoki devor bo‘lgan holda ham o‘rnatish mumkin.

O'rnatilgan joyida zarbdan himoyalangan bo'lishi shart.

Bu jihoz o'rnatiladigan oshxona mebeli DIN 68930 mustahkamlik talablariga javob berishi kerak.

Namlikdan himoya qilish maqsadida, barcha kesish yuzalari tegishli germetik modda bilan to'ldirilgan bo'lishi kerak.

Plitkali yuzalarda, plita o'rnatilgan joydagi barcha oraliq tirqishlar sement bilan to'ldirilishi lozim.

Tabiiy, sun'iy toshdan qilingan, sopol yuzalarda mos keladigan sun'iy kauchuk yoki yelim yordamida qistirg'ich prujinalar yopishtirilishi kerak.

Ishlanadigan sirtdagi germetik moddalarda tirqish bo'lmasdan, zich joylashganligiga amin bo'ling. Qo'shimcha silikon qo'llanmasligi kerak, aks holda ta'mirlash uchun ochish qiyinlashadi.

Plitani olish uchun tagidan tepaga itarib chiqarish lozim.

Plita ostiga doska o'rnatish mumkin.

Qopqalar bilan uning ostidagi blok orasidan havo aylanish tirqishi yopilib qolmasligi kerak.

O'zbek  7

Plitani o'rnatish

NZ64K5747BK_WT_DG68-00798A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 7

4/12/2016 10:40:15 AM

Page 91
Image 91
Samsung NZ64K5747BK/WT manual Plitani ornatish, Ornatuvchi uchun xavfsizlik boyicha korsatmalar