DIQQAT

Jihoz mutaxassis tomonidan o'rnatilishi va yerga ulanishi lozim. Jihozga faqatgina litsenziyali mutaxassis tomonidan xizmat ko'rsatilishi lozim. Mutaxassis bo'lmagan shaxslar ta'mirlashi oqibatida jarohat olish yoki buzilishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. Jihozingizni ta'mirlash kerak bo'lsa, mahalliy xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Bu yo'riqnomaga amal qilinmasa, mahsulotga shikast yetishi va kafolat yo'qqa chiqishi mumkin.

Bir tekisda o'rnatilgan jihozlar tegishli standartlarga mos keluvchi tokcha yoki ish joylariga o'rnatilgandan keyingina ishlatilishi mumkin. Bunda zaruriy xavfsizlik standartlarida talab qilingan (elektr qismlariga tegishdan) himoya mavjudligi kafolatlanadi. Jihozingiz noto'g'ri ishlasa, darz ketsa, yorilsa yoki bo'linib ketsa:

pishirish nuqtalarini o'chiring;plitani tokda uzing; va

mahalliy xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Plita usti yorilsa, tok urishi xavfining oldini olish uchun jihozni o'chirib qo'ying. Shishali sirti almashtirilmagunicha plitani ishlatmang.

Plitada alyumin folga, unga o'ralgan mahsulotlar yoki alyumin idishda muzlatilgan taomlarni isitmang.

Tova bilan plita orasidagi suyuqlik bug' bosimi hosil qilishi mumkin. Buning oqibatida tova sakrab ketishi mumkin.

Doim plita usti bilan tova tagi quruqligiga ishonch hosil qiling. Taom tayyorlayotganda pishirish nuqtalari qattiq qiziydi. Doim bolalarni jihozdan uzoqroqda tuting.

Barcha o'rama materiallarini bolalarning qo'li yetmaydigan joylarda saqlang, chunki o'rama materiallari ular uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Bu jihoz uydagi odatiy pishirish va qovurishda ishlatishga mo'ljallangan. U tijoriy maqsadlarda yoki sanoatda ishlatishga mo'ljallanmagan.

Plitadan xonani isitishda foydalanmang.

Elektr jihozlarini plita yaqinida rozetkaga ulagan bo'lsangiz, ehtiyot choralarini ko'rib qo'ying. Kabellar plita ustiga tegmasligi kerak.

Qizigan yog' tezda alanga olishi mumkin. Yog'-moyda taom tayyorlayotganda (masalan, chips tayyorlayotganda) plitani qarovsiz tashlab ketmang.

Ishlatgandan so'ng pishirish nuqtalarini o'chirib qo'ying.

O'zbek  5

ko‘rsatmalar bo‘yicha Xavfsizlik

NZ64K5747BK_WT_DG68-00798A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 5

 

 

4/12/2016 10:40:15 AM