Samsung NK24M1030IS/UR UZ O‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma, Diqqat, Ogohlantirish

Page 69

UZ - O‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanma

Ushbu qo‘llanmada foydalanilgan belgilar

OGOHLANTIRISH

Qattiq tan jarohati yoki oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli omillar yoki xavfli harakatlar.

DIQQAT

Tok urishi, tan jarohati yoki mol-mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xavfli omillar yoki xavfli harakatlar.

QAYDNOMA

Foydali maslahatlar va yoʻriqnomalar

Ushbu yoʻriqnomadagi ogohlantirish belgilari siz va yaqinlaringizga jarohat yetishini oldini olish uchun keltirilgan.

Ularga qat’iy amal qiling. Ushbu yoʻriqnomani oʻqigandan soʻng kelajakda qayta murojaat etish uchun olib qoʻying.

Ushbu qoʻllanmada keltirilgan yoʻl-yoʻriqlarga qatiy amal qiling. Ishlab chiqaruvchi oʻzidan ushbu qoʻllanmada keltirilgan yoʻriqlarga amal qilmaslik oqibatida biror narsani buzilishi, mol-mulkka zarar yetishi yoki yongʻin kelib chiqqan taqdirda har qanday javobgarlikni oʻz boʻynidan soqit qiladi. Ushbu jihoz uyda va shu kabi joylarda, masalan: ishxona, doʻkon va shu kabi binolar oshxonalarida, fermalarda, mehmonxona va motellarda mijozlar tomonidan, yotoqxona va nonushta qilinadigan joylarda foydalanish uchun moʻljallangan.

Ushbu havo soʻrgich dizayni ushbu qoʻllanmadagi rasmlarda keltirilgan havo soʻrgichlardan farqli boʻlishi mumkin. Ammo foydalanish boʻyicha qoʻllanma, texnik xizmat koʻrsatish va oʻrnatish tartibi bir xildir

Ushbu yoʻriqnomani unga keyinchalik zarur boʻlganda murojaat qilish uchun saqlab qoʻyish juda muhimdir. Agar ushbu mahsulot sotilsa, boshqalarga berilsa yoki boshqa joyga koʻchirilsa yoʻriqnoma doimo mahsulot bilan birga saqlanishi lozim.

Yoʻriqnomani diqqat bilan oʻqib chiqing. Unda jihozni oʻrnatish, foydalanish va xavfsizlik boʻyicha muhim ma'lumotlar mavjud.

Jihozning elektrik yoki mexanik qismida, yoki havo tarqatuvchi quvurlariga oʻzgartirish kiritish ta'qiqlanadi.

Jihozni oʻrnatishdan oldin barcha qismlarning butligi va yaxlit ekaniga ishonch hosil qiling. Jihozda biror futur yetgan joy aniqlangan taqdirda mahsulot yetkazib beruvchiga murojaat qiling va aslo uni oʻrnatishga urinmang.

Diqqat

Biror tozalash yoki texnik xizmat koʻrsatishdan oldin havo soʻrgich vilkasini rozetkadan sugʻurib yoki xonaning umumiy viklyuchatelini oʻchirgan holda elektr tokidan uzing.

Oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha har qanday amaliyot paytida ishchi qoʻlqoplardan foydalaning.

Jihozdan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jihozdan xavfsiz foydalanish boʻyicha oʻrgatilganda va u bilan bogʻliq boʻlgan xatarlarni anglashga qodir boʻlgan taqdirlarida jismoniy va ruhiy hasta yoki yetarli tajribaga ega boʻlmagan insonlar foydalanishlari mumkin.

Bolalarga jihozni boshqarish imkoni berilmasligi va ular jihoz bilan oʻynamasliklari lozim.

Tozalash va texnik xizmat koʻrsatish amaliyotlari nazorat ostida boʻlmagan bolalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin emas.

Jihoz gaz yoki boshqa yoqilgʻilarda ishlaydigan boshqa jihozlar bilan bir vaqtda foydalanilgan taqdirda jihoz oʻrnatilgan xonada yetarlicha havo aylanishi ta'minlanishi kerak.

Havo soʻrgichning ichi va tashqi tomoni tez-tez tozalanib

turilishi lozim (BIR OYDA KAMIDA BIR MAROTABA).

Bu ish texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Havo soʻrgichni tozalash va filtrlarni almashtirish yoki tozalash boʻyicha talablarni bajarmaslik yongʻin xavfini orttiradi.

Havo soʻrgich ostida ochiq olovda taom tayyorlash qat’iyan ma’n etiladi.

Yorituvchi lampani almashtirish uchun ushbu

qoʻllanmaning lampalarga texnik xizmat koʻrsatish/almashtirish boʻlimida koʻrsatilgan lampalardan foydalanish lozim.

Ochiq olovdan foydalanish filtrlarga zarar yetkazadi va yongʻin xavfini keltirib chiqarishi mumkin, shu sababli har qanday holatda undan foydalanishdan qochish lozim. Qovurish jarayoni qizigan yogʻ yonib ketishini oldini olish uchun nazorat ostida boʻlishi lozim.

DIQQAT: Taom pishirish vaqtida jihozning yuza qismlari qizishi mumkin.

Jihoz toʻliq oʻrnatilmaguncha uni elektr tarmogʻiga ulamang.

Jihoz tomonidan parlar chiqarilishi boʻyicha texnik va xavfsizlik choralari masalasida mahalliy organlar tomonidan belgilangan qonun-qoidalarga toʻliq amal qilish talab etiladi.

Soʻrib olinayotgan havo gaz va boshqa yoqilgʻilarda ishlayotgan jihozdan tortib chiqarishga moʻljallangan quvurga tushishini oldini olish zarur.

Tok urishi ehtimoli mavjudligini hisobga olib lampani toʻgʻri oʻrnatmasdan turib havo soʻrgichdan foydalanmang yoki uni qarovsiz qoldirmang.

Hech qachon panjarasi notoʻgʻri oʻrnatilgan havo soʻrgichdan foydalanmang.

Bunga maxsus koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda havo soʻrgich ASLO ustun sifatida qoʻllanilmasligi lozim.

Oʻrnatish uchun faqat mahsulot bilan birga ishlab chiqarilgan qotiruvchi vintlardan foydalaning va agar ular komplektda mavjud boʻlmasa jihozni qotirish uchun mos keluvchi vintlarni xarid qiling.

Oʻrnatish boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan uzunlikdagi vintlardan foydalaning.

Biror shubha tugʻilsa rasmiy xizmat koʻrsatish markazi yoki shunday malakaga ega biror shaxs bilan maslahatlashing.

OGOHLANTIRISH!

Ushbu yoʻriqnomaga muvofiq tarzda vintlar yoki boshqa qotiruvchi jihozlarni oʻrnatmaslik elektr bilan bogʻliq xatarlarga olib kelishi mumkin.

Avtomatik tarzda yoqiladigan dasturlovchi, taymer, alohida masofadan turib boshqarish tizimi yoki shu kabi boshqa qurilmalardan foydalanmang.

Ushbu mahsulot Elektrik va elektron qurilmalarni utilizatsiya qilish boʻyicha 2012/19/EC raqamli Yevropa koʻrsatmasiga (WEEE) asosan markirovka qilingan.

Ushbu mahsulotni toʻgʻri foydalanishini ta'minlagan holda siz atrof muhit va inson salomatligiga yetishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni oldini olgan boʻlasiz, aks holda notoʻgʻri foydalanganish shu kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ushbu belgi mahsulot ustida yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kelganda, ushbu mahsulotga nisbatan odatiy uy chiqindilariga boʻlgani kabi munosabatda boʻlish mumkin emasligini anglatadi. Aksincha, uni keyingi utilizasiya qilinishi uchun maxsus elektr va elektron jihozlarni qabul qilish nuqtalariga topshirish maqsadga muvofiq. Mahsulotni parchalash uchun topshirish chiqindilarni utilizasiya qilish boʻyicha mahalliy qoidalarga amal qilgan holda bajarilishi kerak.

Bu kabi mahsulotlar bilan muomala qilish, ularni utilizasiya va qayta ishlash boʻyicha batafsil ma'lumot olish uchun mahalliy hokimiyat organlari, chiqindilarni utilizasiya qilish xizmati yoki ushbu mahsulotni harid qilgan doʻkoningizga murojaat qiling.

Jihoz quyidagilarga asosan loyihalashtirilgan, sinalgan va ishlab chiqarilgan:

Xavfsizlik: EN/IEC 60335-1; EN/IEC 60335-2-31, EN/IEC 62233.

Ishlash xususiyatlari: EN/IEC 61591; ISO 5167-1; ISO 5167-3; ISO 5168; EN/IEC 60704-1; EN/IEC 60704-2-13; EN/IEC 60704-3; ISO 3741; EN 50564; IEC 62301.

EMM: EN 55014-1; CISPR 14-1; EN 55014-2; CISPR 14-2; EN/IEC 61000-3-2; EN/IEC 61000-3-3. Atrof-muhitga salbiy ta’sir koʻrsatishni kamaytirish maqsadida jihozdan toʻgʻri foydalanish boʻyicha berilgan tavsiyalar: Taom pishirishni boshlaganda havo soʻrgichni past tezlikda ishga tushiring va taom pishirib boʻlgandan soʻng ham bir necha daqiqa ish holatida qoldiring. Tezlikni faqat tutun va par miqdori katta boʻlib ketgan taqdirda oshiring va maksimal tezlikdan faqat oʻta zarur holatlarda foydalaning. Yoqimsiz hidlar yaxshi soʻrilishi uchun koʻmir filtrlarini vaqtida almashtirib turing. Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar samarali xizmat qilishi uchun ularni vaqtida almashtirib turish lozim. Samaradorlikni oshirish va shovqinni kamaytirish uchun ushbu qoʻllanmada keltirilgan havo tortuvchi quvurlarning maksimal diametridan foydalaning.

69

Image 69
Contents Page Page Page Page Gross weight 7,5 Kg Net weight 6 Kg Page Page Page Page Page Page Avvertenze IT Istruzioni di montaggio e dusoAvvertenza AttenzioneIlcos D CodiceAccordo a IEC DRBB/C-3-220-240-E14-35/102Luci ON/OFF FunzionamentoMotore di aspirazione ON/OFF Velocità mediaWarnung DE Montage- und GebrauchsanweisungWarnhinweis AchtungHinweis LängeBezeichnung Ilcos D Übereinstimmung mit der IEC 61231 Licht EIN/AUS BetriebGebläsemotor EIN/AUS Mittlere GeschwindigkeitAdvertencias ES Montaje y modo de empleoAdvertencia AtenciónDimensión mm Lámpara Potencia W Enchufe E14220-240 35x102 Diámetro Longitud Código De acuerdo con IECLuces ON/OFF FuncionamientoMotor de aspiración ON/OFF Velocidad mediaSymboles utilisés dans ce manuel FR Instructions pour linstallation et mode demploiMise EN Garde RemarqueCode Ilcos D En accord avec CEI Éclairage ON/OFF FonctionnementMoteur daspiration ON/OFF Vitesse moyenneEN Instruction on mounting and use Symbols used in this manual220-240 35x102 Diameter Length Lamp Power W Socket E14Ilcos Code According IEC DRBB/C-3-220-240-E14-35/102Light ON/OFF OperationMotor ON/OFF Medium SpeedLet op NL Installatiehandleiding en gebruiksaanwijzingPictogrammen in deze gids WaarschuwingVolgens IEC DRBB/C-3-220-240-E14-35/102 Verlichting ON/OFF WerkingAanzuigmotor ON/OFF Gemiddelde snelheidAdvertências PT Instruções para instalação e utilizaçãoSímbolos utilizados neste manual AdvertênciaLâmpada Potência W Tomada E14 220-240 35x102 Diâmetro Comprimento CódigoDe acordo com IEC Luzes ON/OFF FuncionamentoMotor de aspiração ON/OFF Velocidade médiaВнимание RU Инструкция по монтажу и эксплуатацииПредупреждение ВниманиеКод Ilcos D По системе IEC Лампа Мощность Цоколь E14 Напряжение В Размер ммОсвещение ВКЛ/ВЫКЛ ФункционированиеДвигатель вытяжки ВКЛ/ВЫКЛ Средняя скоростьПопередження по безпеці UK Інструкція з монтажу та експлуатаціїЗастереження Увага220-240 35x102 діаметр Довжина Код Ilcos D Згідно норми IEC Лампочка Потужність Цоколь E14 НапругаON/OFF Luci ВКЛ./ВИМК. Світло ФункціонуванняMotore di aspirazione ON/OFF Двигун всмоктування ВКЛ./ВИМК Середня швидкістьRO Instrucțiuni de montaj Și utilizareAvertismente Tip Bec Putere WVoltaj Dimensiune mm 220-240 35x102 Diametru Cod Ilcos D Conform IEC DRBB/C-3-220-240-E14-35/102Lumini ON/OFF FuncţionareaMotor de aspirație ON/OFF Viteză mediePL Instrukcja montażu i obsługi Symbole zastosowane w niniejszej instrukcjiOstrzeżenia OstrzeżenieŻarówka Moc W Przyłącze E14 Napięcie Wymiary mm 220-240 KodZgodnie z IEC Oświetlenie ON/OFF Działanie okapuSilnik zasysania ON/OFF Prędkość średniaVýměna žárovek CS Návod na montáž a používáníUpozornění PozorPodle normy IEC SK Návod na použitie a montáž Symboly použité v tomto návodeUpozornenia UpozornenieŽiarovka Výkon W Spoj E14 Veľkos 220-240Kód Ilcos D Súlade s IEC DRBB/C-3-220-240-E14-35/102 Svetlá ON/OFF ČinnosťOdsávací motor ON/OFF Stredná rýchlosťПредупреждения BG Инструкции за монтаж и употребаСимволи, използванни в това ръководство ЗабележкаВерсия с аспирация УпотребаВерсия с филтриране МонтиранеЛампа Мощност Контакт E14 Напрежение 220-240 Диаметърo Дължина Код Ilcos D Съответствие с IECПодмяна на ел. крушки Начин на употреба Важни совети MK Упатство за монтажа и ракувањеСимболи користени во овој прирачник Предупредување220-240 35x102 дијаметар Ламба Моќ W Штек Контакт E14 НапонФункционирање Просечна брзинаМаксимална брзина Upozorenja SR Uputstva za montažu i upotrebuUpozorenje PažnjaSkladu sa IEC Svetla ON/OFF Način radaMotor usisavanja ON/OFF Srednja brzinaVërejtje SQ Udhëzime montimi dhe përdorimiSimbolet e përdorura në këtë udhëzues Kujdes220-240 35x102 Diametër Llampa Fuqia W Priza E14 RrymaKodi Në përputhje me IECDrita ON/OFF FunksionimiMotori i thithjes ON/OFF Shpejtësia e mesmeHR Uputstva za montažu i za uporabu Simboli koji se koriste u ovom priručnikuKorištenje Sukladno s IEC Opozorila SL Navodila za montažo in uporaboTeh navodilih uporabljeni simboli OpozoriloDolžina Sijalka Moč W Vznožek E14 Napetost Dimenzije mm 220-240Koda Skladno z IEC DRBB/C-3-220-240-E14-35/102Нұсқаулар KK Монтаждау мен пайдалану нұсқауыЕскерту АбайлаңызСору нұсқасы ПайдалануСүзу нұсқасы ҚондыруӨлшем мм Шам Қуат Вт ҰяшықIlcos D коды IEC 61231 стандартына сай Шам ауыстыруПайдалануDiqqat UZ O‘rnatish va foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaOgohlantirish DiqqatKuchlanish 220-240 35x102 Diametr UzunlikKodi IEC 61231’ga ko‘ra DRBB/C-3-220-240-E14-35/102 B1. Lampani yoqish/oʻchirish IshlatishB2. Motorni yoqish/oʻchirish B3. O‘rtacha tezlikDikkat TR Montaj ve kullanım talimatlarıUyari DİkkatLamba Güç W Soket E14 UyarİBoyut 220-240 35x102 çap Uzunluk Kodu IEC 61231e göre DRBB/C-3-220-240-E14-35/102Işıkları AÇMA/KAPATMA ÇalıştırmaAspiratör motorunu AÇMA/KAPATMA Orta hızDA Bruger- og monteringsvejledning Symboler anvendt i denne vejledningAdvarsler PAS PÅLampe Effekt W Fatning E14 OBS220-240 35x102 Diameter Længde Kode Henhold til IECLys ON/OFF FunktionUdsugningsmotor ON/OFF Medium hastighedOBS No Instrukser for montering og brukMerknad VÆR OppmerksomFilterversjon InstallasjonVedlikehold Rengjøring FettfilteretTurvallisuustietoa FI Asennus- ja käyttöohjeetLamppu Teho W Kanta E14 Koko 220-240 35x102 Halkaisija Pituus KoodiIEC 61231 mukaisesti DRBB/C-3-220-240-E14-35/102 Varningsföreskrifter SV Monterings- och bruksanvisningarVarning ObserveraKod Ilcos D Överensstämmer med IEC Samsung 01 48 63 0070 70 19 030-6227