Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari

Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang.

O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin. Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.

Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun vaqtni qisqartiring. Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.

Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki vakuumdagi idishlar, yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.

Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish xavfi vujudga keladi. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va u yetarli darajada soviginicha o'chiq holda qoladi.

Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.

Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.

Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.

Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi. Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli pechni o‘rnatish" bo‘limiga qarang.) Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.

6  O'zbek

Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari

Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga olib kelishi mumkin.

Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha qulfini) buzmang. Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.

Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan har gal foydalangandan so'ng eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.

Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan ta’mirlanganidan so‘nggina ishlating.

Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari singan yoki bo‘shab qolgan bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi yuzalari shikastlanmasligi kerak.

Barcha sozlash va ta’mirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.

MS23J5133AM_BW_DE68-04328M-00_RU+UK+KK+UZ.indb 6

2017-09-25 ￿￿ 11:20:09

Page 114
Image 114
Samsung MS23J5133AM/BW manual Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari, Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari