Xizmat ko‘rsatish

Tozalash

Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa eshigi, eshik zichlagichi, aylanuvchi patnis va rolikli taglikka (mavjud modellardagina) e’tibor bering.

Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini tekshiring. Pechning ichi va ustini tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.

Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun

1.Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying.

2.Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.

3.Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini tozalang.

Chayqaluvchi isitgichli modellar ichini tozalash

Pishirish kamerasining yuqori qismini tozalash uchun yuqoridagi isitish elementini ko‘rsatilganidek qilib 45° pasaytiring. Shunda tepani tozalash oson bo‘ladi. Tozalab bo‘lgach, isitish elementini joyiga qaytaring.

DIQQAT

Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin bo‘ling. Aks holda pechning ishlash muddati qisqarishi mumkin.

Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.

Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.

Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang.

Almashtirish (ta’mirlash)

OGOHLANTIRISH

Bu pech ichida foydalanuvchi olib qo‘yadigan qismlari yo‘q. Pechni o‘zingiz ko‘chirish yoki ta’mirlashga urinmang.

Agar ilmoqlar, zichlagich va/yoki eshik bilan muammo aniqlansa, yordam uchun malakali texnikka yoki mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Chiroq lampasini almashtirmoqchi bo‘lsangiz, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Uni o‘zingiz almashtirmang.

Agar pechning tashqi korpusi bilan muammo yuzaga kelsa, avval tokdan uzing, keyin mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Uzoq vaqt ishlatilmagandagi himoya chorasi

Pechni uzoq vaqt ishlatmasangiz, tokdan uzing va pechni quruq, changsiz joyga ko‘chiring. Pech ichida yig‘iladigan chang va namlik uning ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O'zbek  9

Xizmat ko‘rsatish

MS23J5133AM_BW_DE68-04328M-00_RU+UK+KK+UZ.indb 9

2017-09-25 ￿￿ 11:20:10

Page 117
Image 117
Samsung MS23J5133AM/BW Xizmat ko‘rsatish, Tozalash, Almashtirish ta’mirlash, Uzoq vaqt ishlatilmagandagi himoya chorasi