Yangi pech isi

Pechni birinchi marta ishlatishdan oldin uning ichini tozalang, shunda isi ketadi.

1.Pech ichidagi aksessuarlarni olib tashlang.

2.Pechni Konveksiya 200 °C yoki An’anaviy 200 °C da bir soat ishlating. Bunda pech ichida qolgan jismlar kuyib ketadi.

3.Tugallangach, pechni o‘chiring.

Aqlli xavfsizlik mexanizmi

Pech ishlayotganida eshigini ochsangiz, pech chirog‘i yonadi hamda ventilyator bilan isitish elementlari ishlashdan to‘xtaydi. Bundan maqsad kuyish yoki jismoniy jarohatning oldini olish hamda keraksiz quvvat sarfini tejashdir. Bunday holda eshikni yopsangiz bas, pech ishlashda davom etadi, chunki bu tizimdagi kamchilik emas.

Yumshoq yopiladigan eshik (ohista, xavfsiz va shovqinsiz)

Samsung ichki qurilgan pechida yumshoq yopiladigan eshik o‘rnatilgan bo‘lib, u ohista, xavfsiz va shovqinsiz yopiladi.

Eshik yopilayotganida, oxiriga birnecha santimetr qolganida, maxsus ilmoqlar uni tutib oladi. Bu yondashuv qo‘shimcha qulaylik yaratib, eshikning jimjit va ohista yopilishiga imkon beradi. (Bu xususiyatning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.)

Eshik 15 darajaga yetganida sekin yopilishni boshlaydi va 5 soniya ichida to‘liq yopiladi.

Boshlashdan oldin

O'zbek  17

NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-02_RU+UK+KK+UZ.indb 17

3/13/2017 3:17:54 PM

Page 245
Image 245
Samsung NV75J5540RS/WT Yangi pech isi, Aqlli xavfsizlik mexanizmi, Yumshoq yopiladigan eshik ohista, xavfsiz va shovqinsiz