Aqlli pishirish

Aqlli pishirish

Kish-loren

Tarkibi • Pishiriq: 200 g un, 80 g sariyog‘, 1 ta tuxum

Ichidagisi: 75 g kub shaklidagi yog‘siz bekon, 125 ml qaymoq, 125 g krem fresh, 2 ta tuxum, ko‘pirtirilgan, 100 g qirilgan shveysar pishlog‘i, tuz va qalampir

Tayyorlash usuli Tayyorlash uchun un, sariyog‘ va tuxumni tog‘oraga solib, aralashtiring, keyin 30 daqiqaga sovutkichga qo‘yib qo‘ying. Xamirni yoyib, kish uchun yog‘langan keramik idishga soling (25 sm diametrli). Tagini sanchqi bilan teshing. Tuxum, qaymoq, krem fresh, pishloq, tuz va qalampirni aralashtiring. Uni xamirga pishirishdan oldin quying.

Mevali shirinlik

Tarkibi • Usti: 200 g un, 100 g sariyog‘, 100 g shakar, 2 g tuz, 2 g dolchin kukuni

Meva: 600 g aralash mevalar

Tayyorlash usuli Hamma masalliqlarni aralashtiring. Mevalarni pech idishiga joylab, ustidan masalliqni seping.

Uy pitsasi

Tarkibi • Pitsa xamiri: 300 g un, 7 g quritilgan achitqi, 1 qoshiq zaytun moyi, 200 ml iliq suv, 1 qoshiq shakar va tuz

Usti: 400 g parraklangan sabzavot (baqlajon, qovoqcha, piyoz, pomidor), 100 g vetchina yoki bekon (to‘g‘ralgan), 100 g qirilgan pishloq

Tayyorlash usuli Un, achitqi, moy, tuz, shakar va iliq suvni tog‘oraga solib, aralashtirib xamiq qiling. Mikser yoki qo‘lda 5-10 daqiqa aralashtiring. Qopqoq bilan yopib, xamir oshishi uchun 30 daqiqaga 35 °C darajada pechga qo‘yib qo‘ying. Xamirni un sepilgan joyda to‘rtburchak shaklda iylab, patnis yoki pitsa tovasiga soling. Ustiga pomidor pyuresini yoyib, vetchina, qo‘ziqorin, zaytun va pomidorni soling. Ustidan tekis qilib pishloq seping va dimlab qo‘ying.

60  O'zbek

NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-02_RU+UK+KK+UZ.indb 60

3/13/2017 3:18:03 PM

Page 288
Image 288
Samsung NV75J5540RS/WT manual Aqlli pishirish