Aqlli pishirish

Aqlli pishirish

Ko‘p ishlatiladigan avtomatik retseptlar to‘plami

Kartoshkali taom

Tarkibi 800 g kartoshka, 100 ml sut, 100 ml qaymoq, 50 g ko‘pirtirilgan tuxum, 1 qoshiq tuz, qalampir, muskat yong‘og‘i, 150 g qirilgan pishloq, sariyog‘, toshcho‘p

Tayyorlash usuli Kartoshkani archib, 3 mm qalinlikda parraklang. Gratin idishi yuzasiga sariyog‘ surting (22-24 sm). Boshqa masalliqlarni tayyorlaguncha parraklarni toza sochiqqa yoyib, ustini yopib qo‘ying.

Qolgan masalliqlarni tog‘orada yaxshilab aralashtiring, qirilgan pishloqdan tashqari. Kartoshka parraklarini idishga yoying va aralashmani ustidan quying. Uning ustidan qirilgan pishloqni sepib, dimlang. Pishirgandan so‘ng tortishdan oldin ustiga birnechta toshcho‘p bargidan qo‘ying.

Sabzavotli gratin

Tarkibi 800 g sabzavot (qovoqcha, pomidor, piyoz, sabzi, qalampir, pishgan kartoshka), 150 ml qaymoq, 50 g ko‘pirtirilgan tuxum, 1 qoshiq tuz, ziravor (qalampir, petrushka yoki rozmarin), 150 g qirilgan pishloq, 3 qoshiq zaytun yog‘i, toshcho‘p barglari

Tayyorlash usuli Sabzavotlarni yuvib, 3-5 mm qalinlikda to‘g‘rang. Parraklarni gratin idishiga yoyib (22-24 cm), ustidan yog‘ quying. Pishloqdan tashqari masalliqlarni aralashtirib, sabzavotlar ustiga quying. Uning ustidan qirilgan pishloqni sepib, dimlang. Tortishdan oldin ustiga birnechta toshcho‘p bargidan qo‘ying.

58  O'zbek

NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-02_RU+UK+KK+UZ.indb 58

3/13/2017 3:18:03 PM

Page 286
Image 286
Samsung NV75J5540RS/WT manual Ko‘p ishlatiladigan avtomatik retseptlar to‘plami