Samsung FG87SSTR/BWT, FG87SBTR/BW manual ’ ko ’rsatmalaryichabo 01 xavfsizlik

Models: FG87SBTR/BW FG87SSTR/BWT

1 144
Download 144 pages 30.2 Kb
Page 111
Image 111

Bu qurilma faqat ro'zg'orda ishlatishga mo'ljallangan, uni quyidagi joylarda ishlatmang:

••do'kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;

••og'ilxonalarda;

••mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar tomonidan;

••to'shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda. Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.

Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.

Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki yong'in xavfining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun eshikchani ochib qo'ying.

Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot bo'lish lozim.

Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib ko'rish kerak.

Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishi mumkin.

Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom qoldiqlarini olib tashlash lozim.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

Jihoz faqat ichki o'rnatib ishlatish uchun mo'ljallangan. Jihozni shkaf ichiga qo'yib bo'lmaydi.

Mikroto'lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni metall idishlarga solish mumkin emas.

’ ko ’rsatmalaryichabo 01 xavfsizlik

O’zbek - 3

FG87SSTR_BWT_DE68-04371A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 3

2017-12-11 ￿￿ 12:07:56

Page 111
Image 111
Samsung FG87SSTR/BWT, FG87SBTR/BW manual ’ ko ’rsatmalaryichabo 01 xavfsizlik