Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak. Xavfsizlikni ta'minlash uchun elektr kabeli vilkasini o'zgaruvchan tok tarmog'ining tegishlicha yerga tutashtirilgan rozetkasiga ulang.

Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan arting.

MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH

Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:

Pechning ichki va tashqi yuzalari

Pech eshigi va eshik zichlagichlari

Aylanuvchi patnis va rolikli taglik (Faqat aylanuvchi patnisli modelda)

DOIM eshik zichlagichlarini toza saqlang va eshikning zich yopilishini nazorat qiling.

Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

1.Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Chaying va arting.

2.Pechnin g ichki yuzalaridagi dog'larni sovunli suvda ho'llangan latta bilan arting. Chaying va arting.

01XAVFSIZLIK TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR

O'zbek - 7

MS23H3115QK_BW_DE68-04240Y-01_RU+UK+KK+UZ.indb 7

2017-02-01 ￿￿ 11:40:47

Page 115
Image 115
Samsung MS23H3115QK/BW manual Mikrotolqinli Pechni Tozalash