nosozliklarni bartaraf qilish va ma'lumot kodi

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

Yangi qurilma bilan tanishib chiqish har doim ozgina vaqtni oladi. Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal qilishga harakat qiling. Bu sizning vaqtingizni tejashi hamda xizmat ko'rsatish markaziga qo'ng'iroq qilish tashvishidan xalos qilishi mumkin.

Quyidagilar oddiy hol hisoblanadi.

Pech ichida kondensat hosil bo'lishi

Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi

Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari

Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'

Taom umuman tayyorlanmayapti.

Taymerni to‘g‘ri qo‘ydingizmi va СТАРТ/+30СЕК tugmasini bosdingizmi?

Eshikcha yopilganmi?

Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi? Bu eruvchan saqlagichning kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga olib kelgan bo'lishi mumkin.

Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.

Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?

Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?

Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.

Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu oddiy holat.

Yechimi: pechni televizor, radio yoki antennalardan uzoqroqda o'rnating.

Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta'sirchan bo'lsa, unda displeydagi ko'rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin.

Yechimi: Tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan rozetkaga tiqing. Vaqtni qaytadan o'rnating.

Chiroq ishlamayapti.

Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.

Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?

Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?

Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?

Dastlabki ishlatishda tutun va yomon hid chiqishi.

Bu yangi qismlar qizishi tufayli yuzaga keladigan vaqtinchalik holat. Tutun va hid 10 daqiqa ishlashdan keyin butunlay yo'q bo'ladi.

Hidni tezroq yo'qotish uchun pech ichiga limon yoki limon sharbatini qo'yish bilan mikroto'lqinli pechni ishlating.

Yuqoridagi yo'riqnomalar yordamida muammo hal bo'lmasa, mahalliy SAMSUNG xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Quyidagi ma’lumotlar tayyor bo‘lsin;

• Model va seriya raqami, odatda pechning orqasiga yozilgan bo'ladi

Kafolatga oid ma’lumotlar

Muammoning aniq bayoni

Keyin mahalliy dilerga yoki SAMSUNG kompaniyasining sotuvdan keyin xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

AXBOROT KODI

Tekshirish kodi

Sababi

Chora

 

Boshqaruv tugmalari

Tugmachalarni tozalang va tugmacha

 

10 soniyadan oshiq

atrofidagi sirtlarda suv borligini tekshiring.

 

bosib turilgan.

Mikroto'lqinli pechni o'chiring va yana

C-d0

 

o'rnatishga harakat qilib ko'ring. Agar

 

bu xato yana takrorlansa, SAMSUNG

 

 

 

 

kompaniyasining mahalliy xaridorlarga

 

 

xizmat ko'rsatish Markaziga qo'ng'iroq

 

 

qiling.

Yuqorida ko'rsatilmagan har qanday kod uchun yoki taklif qilingan yechim muammoni hal qilmasa, SAMSUNG kompaniyasining mahalliy xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.

O'zbek - 32

MS23H3115QK_BW_DE68-04240Y-01_RU+UK+KK+UZ.indb 32

2017-02-01 ￿￿ 11:40:54

Page 140
Image 140
Samsung MS23H3115QK/BW manual Nosozliklarni bartaraf qilish va malumot kodi, Nosozliklarni Bartaraf Etish, Axborot Kodi