Kod

Oziq-ovqat

Porsiya hajmi

Tarkibi

 

 

 

 

1-6

Pishloqli tost

2 kesim

Tost non – 2 kesim (26-28 grammdan), pishloq – 2

 

 

 

kesim (20 grammdan)

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Non kesimlarini baland taglikka qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganida olib, ag‘daring va ustiga pishloq kesimini qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.

1-7

Pishloqli suxarilar

200-250 g

160 g suluguni pishlog‘i, 60 g suxari, 1 ta tuxum

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Pishloqni bir tomoni 2-2,5 sm o‘lchamda mayda to‘g‘rang. Tuxumni ozgina ko‘pirtirib, hosil bo‘lgan qorishmaga pishloq kubiklarini bulang. Pishloqni suxariga bulab, yana takrorlang (pishloq kubiklarini tuxumga bulab, barmoqlaringiz bilan tekislang.) Pishloqni keng tarelkada suxariga joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.

1-8

Moskvacha baliq

500-600 g

250 g oq go‘shtli baliq (treska yoki sudak),

 

 

 

2 qaynatilgan kartoshka, 4 ta shampinon, 1 qoshiq

 

 

 

sabzavot yog‘i, 60 g pishloq, 100 g quyuq smetana,

 

 

 

1 ta dafna bargi, tuz, ta’bga ko‘ra qalampir

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Shampinonlarni yaxshilab yuvib, quriting va arching. To‘g‘rang. Baliqni mayda bo‘laklarga bo‘lib, tarelkaga qo‘ying. Ozgina tuz va qalampir sepib, ustiga qo‘ziqorin bo‘laklari va dafna bargini qo‘yib, sabzavot yog‘i seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Pishayotgan paytida pishloqni yirik qirg‘ichdan o‘tkazing. Signal berilganidan so‘ng ularni oling. Smetanani baliq ustiga qo‘ying, atrofiga qaynatilgan kartoshkalarni qo‘ying, ustiga pishloqni seping, qalampir sepib, pechga qaytarib qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.

Kod

Oziq-ovqat

Porsiya hajmi

Tarkibi

 

 

 

 

1-9

Ruscha losos steyki

1 dona

1 dona losos vazni 200-220 g, 1 ta limon, 1½ qoshiq

 

 

 

zaytun yog‘i, 1 ta rozmarin shoxchasi, 2 chimdim oq

 

 

 

murch, 1 chimdim muskat yong‘og‘i, ta’bga ko‘ra tuz

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Limon etini kosaga qirg‘ichdan o‘tkazib, ozgina limon sharbati siqing, yog‘ quying, ziravorlarni qo‘shing va hammasini aralashtiring. Hosil bo‘lgan marinadga baliqni botirib, baland taglikka qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng lososni olib, ag‘darib qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Tayyor baliqni ta’bga ko‘ra limon sharbatiga botiring va ozgina tuz qo‘shing.

1-10

Olxo'ri qoqili tovuq

300-350 g

2 ta tovuq soni, 1 ta mayda sabzi, ½ piyoz, 80–90 g

 

oyoqchalari

 

danagi olingan olxo‘ri, 1 stakan bulyon yoki suv, 2 ta

 

 

 

ko‘kpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz

 

 

 

 

Ko'rsatmalar

Piyoz va sabzini yuvib, arching va yupqa qilib to‘g‘rang. Chuqur tarelkaga yoying. Tovuq soniga tuz sepib, to‘g‘ralgan sabzavotlarning ustiga qo‘ying. Olxo‘rini ustidan qo‘yib, bulyon quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng ularni oling. Tovuq sonini ag‘darib, mikroto‘lqinli pechga soling. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Pishganidan so‘ng ustiga to‘g‘ralgan ko‘kpiyoz seping.

O'zbek  19

Pechdan foydalanish

MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 19

2017-11-29 ￿￿ 5:36:11

Page 175
Image 175
Samsung MG22M8074AT/BW Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi Pishloqli tost, Kesim 20 grammdan, Moskvacha baliq 500-600 g